Traktorning umumiy tuzilishi va ularning foydalanish ko’rsatkichlarini o’rganish Traktorning umumiy tuzilishi


Download 9.79 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi9.79 Kb.
#1562204
  1   2   3
Bog'liq
traktorlarning umumiy tuzilishi

Traktorning umumiy tuzilishi va ularning foydalanish ko’rsatkichlarini o’rganish

Traktorning umumiy tuzilishi

  • Traktor (ing. tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida harakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. Traktor qurilishqishloq xoʻjaligi ishlari va boshqa ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.
  • Bugʻ mashinasi oʻrnatilgan birinchi gildirakli traktor 1830-yilda Angliya va Fransiyada paydo boʻlgan, transport va harbiy ishda ishlatilgan. 1890-yilda AQSHda qishloq xoʻjaligi ishlarida qoʻllanilgan. Gusenitsali traktorni Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A. P. KostikovAlmazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988-yilda rus mexanigi F. A. Blinov bugʻ mashinasi oʻrnatilgan gusenitsali traktor yasab sinovdan oʻtkazgan. 1895-yilda rus ixtirochisi Ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan oʻziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan. AQShdagi "XartParr" (HartParr) firmasi 1901-yildan boshlab ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan gʻildirakli traktor ishlab chiqara boshladi. 1912-yildan AQShda, keyinchalik Germaniya va boshqa mamlakatlarda gusenitsapi traktor ishlab chiqarila boshlandi. Oʻzbekistonda 1967-yil Toshkent traktor zavodida paxtaga modifikatsiya qilingan gʻildirakli traktorlar ishlab chiqarila boshladi.

Traktorning umumiy tuzilishi

  • Traktor qismlari: ostov (koʻtaruvchi qism), dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan traktorlar koʻp tarqalgan. Bunda dizel yonilgʻisining issiqlik energiyasi tirsakli valni, undan butun mashinatraktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigatelining mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment, aylanish chastotasi)ni harakatlantirgichlar (yengil gʻildiraklar yoki yulduzchalar)ga uzatadi. Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy va oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel transmissiyadan ajratiladi va unga oxista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yoʻnalishini oʻzgartiradi. Asosiy uzatma boʻylama vallardan harakatni koʻndalang vallarga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (silindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va yetakchi gʻildiraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi, kerakli yoʻl tirqishini hosil qilishga yordam beradi

Download 9.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling