Transfert bahoni shakllantirish


Download 1.19 Mb.
bet8/9
Sana04.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1425612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transfert bahoni shakllantirish

Vaziyatli masala


«O’tkir» OTAJ mebellar ishlab chiqaradi. Mebellarning bahosi, ularning turlariga qarab 10 ming so’mdan 250 ming so’mgacha. Oxirgi o’n yillar davomida aksiyadorlik jamiyati mebellarning bahosini belgilashda ishlab chiqarish tannarxi miqdoriga 20 foiz ustama qo’yish tamoyiliga asoslanib kelmoqda. Xususan, yaqindagina ishlab chiqarilgan mebellarga baho belgilash quyidagicha amalga oshirilgan:

- to’g’ri material xarajatlari

5 000

- to’g’ri mehnat xarajatlari

8 000

- umumishlab chiqarish xarajatlari

2 000

jami xarajatlar summasi

15 000

20 foiz ustama

3 000

sotish bahosi

18 000

Mabodo, xaridorlarni baho qanoatlantirmasa, u holda direktor mebel bahosini 5 foizgacha kamaytirishga ruxsat bergan. Shu holda ustamaning miqdori mos ravishda 15 foizni tashkil qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatining menejeri baholar va boholarni belgilash bo’yicha maxsus tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida qatnashib, marjinal foyda usulini yaxshi o’rganib qaytdi. Menejer, mana shu marjinal usulning ishlab chiqarilayotgan mebellarga baho belgilashda amaldagi usulga qaraganda ancha afzal va samarali bo’lishi mumkinligini sezdi.
Sarf-xarajatlar byudjetida umumishlab chiqarish xarajatlari miqdori 150 ming so’mni tashkil qilib, uning 90 ming so’mi doimiy va 60 ming so’mi o’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlaridir.
Talab qilinadi:
1. Faraz qilaylik, aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarib taklif qilayotgan mebeliga bo’lgan har ikkala narxni ham xaridor qabul qilmadi, ya’ni mebel 18 ming so’mga ham, 15 750 (5 foiz chegirma) so’mga ham sotilmayapti. Xaridor 15 ming so’m bahoni taklif qilayapti.

  1. menejer marjinal usuldan foydalanib belgilashi mumkin bo’lgan eng past sotuvbahosi qancha so’m bo’ladi?

  2. ana shu eng past sotuv bahosini xaridor qabul qilsa, u holda foyda summasiqanchani tashkil qiladi?

2. Direktorning mebelga sotuv bahosini belgilash usuliga qaraganda menejer tavsiya qilayotgan marjinal usulning nima afzalliklari bor?
Bahoni belgilashda marjinal usulning qanday kamchiliklari bor?

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling