Transfert bahoni shakllantirish


Download 1.19 Mb.
bet7/9
Sana04.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1425612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transfert bahoni shakllantirish

Muammolar va vazifalar


1. Turli usullardan foydalanib baholarni aniqlash
«BNM» fabrikasi uch turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi: paypoqlar; maykalar va koylaklar. Har bir mahsulot turlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud (1-jadval):
1-jadval




Sarf-xarajatlar

jami

engil
mashinalar

yuk
mashinalar

furgon

1

Materiallar:














xom ashyo

137 000

62 500

29 000

45 500


qo’shimcha materiallar

5 250

2 500

1 000

1 750


yordamchi materiallar

9 250

3 750

2 000

3 500


rang-bo’yoqlar

70 500

30 000

16 000

4 500

2

Mehnat xarajatlari














kesish-bichish

53 750

22 500

12 000

19 250


tikish

94 000

42 500

20 000

31 50


rang berish

107 500

45 000

24 000

38 500


yig’ish va joylashtirish

44 250

17 500

11 000

15 750




















Bilvosita mehnat xarajati

173 000

77 500

36 000

59 500


Bevosita qo’shimcha sarflar

30 000

12 500

7 000

10 500


O’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajtlari

90 500

40 000

19 000

31 500


Doimiy ishlab chiqarish xarajtlari

120 000

45%

25%

30%


Tijorat xarajatlari

105 000

40%

20%

40%


Marketing bo’yicha o’zgaruvchan xarajatlar

123 000

55 000

26 000

42 000


Marketing bo’yicha doimiy xarajatlar

85 400

40%

25%

35%


Ma’muriy boshqaruv xarajatlari

47 600

40%

25%

35%

Fabrika rahbariyati har bir mahsulot turidan eng kamida xarajatlar miqdoridan 30% hajmida foyda olishni rejalashtirgan.
Sotish hajmi quyidagicha belgilangan:
- paypoqlardan - 50 000 dona; - maykalardan - 20 000 dona; - koylaklardan - 35 000 dona.
Zahira hajmi o’zgarmasdan qoladi.
Talab qilinadi:
Quyidagi usullardan foydalanib, har bir mahsulot turining sotish bahosini aniqlash lozim:

  1. yalpi foyda;

  2. sotuv rentabelligi.

2. Bir necha cheklovchi omillar ta’sirida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning eng optimal miqdorini aniqlashda “xarajatlar - plyus” usuli bo’yicha baholarni belgilash.
Kichik xo’jalik yurituvchi subyekt ikki turdagi bolalar mahsulotini ishlab chiqarmoqda, bolalar uchun ko’ylakcha va kostyum. O’tgan hisobot yilida xo’jalik yurituvchi subyekt ana shu ikki xil mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotishdan 700 ming so’m foyda olgan. Ayni paytda xo’jalik yurituvchi subyekt mutaxassislari kelgusi yil uchun reja ko’rsatkichlarini shakllantirmoqda. Quyidagi jadvalda ana shu rejalashtirilayotgan relevantly ko’rsatkichlardan ayrimlari keltirilgan:
O’tgan yil bo’yicha haqiqiy erishilgan ko’rsatkichlar jadvali

T.r.

Ma’lumotlar

Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar bo’yicha:

Ko’ylakcha

Kostyum

1.

Ishlab chiqarilgan va sotilgan, donada

50 000

110 000

2.

Har bir dona mahsulotning umumishlab chiqarish xarajatlari, ming so’mda

45

90

3.

Har bir dona mahsulotning sotish bahosi, ming so’mda

56

112

4.

Har bir dona mahsulotni ishlab chiqarish va sotish vaqti, soatda

2

1

5.

Mahsulotlarning maksimal bozor sig’imi, donada

75 000

130 000

Xo’jalik yurituvchi subyektning ana shu davrdagi shartli doimiy xarajatlari miqdori 1500 ming so’mni tashkil qilgan, hamda mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflangan vaqtga nisbatan proporsional tarzda taqsimlangan.
Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni maqsad qilgan. Buning uchun esa mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal tarzda foydalanish va mahsulotlarga baho belgilashning boshqa usullaridan foydalanmoqchi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining talablaridan kelib chiqqan holda marketing bo’limi mutaxassislari, ishlab chiqarish quvvatlarini kelgusi yilda oshirish imkoniyatlari va bozordagi talab-taklif holatidan kelib chiqqan holda bahoni belgilash bo’yicha yana quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi:

  1. bozordagi talab qo’shimcha tarzda ko’ylakchalardan yana 25 000 dona,kostyumlardan 20 000 dona ishlab chiqarish va sotish imkonini yaratadi;

  2. mahsulot turlari bo’yicha baho diapozoni: ko’ylakchalar uchun – 56-60,kostyum uchun – 85-100;

  3. shartli doimiy xarajatlar miqdori kelgusi yilda o’zgarmaydi.

Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari uchun quyidagilarni hisoblab bering:

  1. Kelgusi yilda xo’jalik yurituvchi subyekt uchun maksimal tarzda foyda olish

imkonini beradigan ishlab chiqarish rejasini;

  1. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida korxonadagi baho belgilash usulinitavsiflab bering. Xo’jalik yurituvchi subyekt mahsulotlari uchun kelgusi yilda baho qanchani tashkil qilishi maqsadga muvofiq?

3. Bozordagi “talab va taklif”dan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan va sotishga mo’ljallangan mahsulotlarga eng past va eng optimal baholarni belgilash.
Kichik xo’jalik yurituvchi subyekt konditsionerlar ishlab chiqarmoqda. Ayni paytda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari o’z mahsulotlarining doimiy va asosiy xaridori bilan yanada munosabatlarini mustahkamlash maqsadida bahoni yanada pasaytirishni reja qilmoqda. Har bir konditsionerning komponentlari jami 3 ta sexda ishlab chiqariladi va 4-yig’uv sexida tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Doimiy va asosiy xaridor har yili xo’jalik yurituvchi subyektdan 350 dona konditsioner sotib oladi. Quyidagi jadvalda ana shu ishlab chiqarilayotgan konditsionerlar bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar keltirilgan:
O’tgan yil bo’yicha haqiqiy erishilgan ko’rsatkichlar jadvali (ming so’mda)

Tt.r.

Ma’lumotlar

Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmi – 350 dona

1-sex

2-sex

3-sex

4-sex

1.

Materiallar va ehtiyoj qismlar, bir donaga

52,0

33,0

1,0

5,0

2.

Bevosita mehnat xarajatlari, bir donaga

3,5

2,8

1,5

2,1

3.

Boshqa o’zgaruvchan ustama xarajatlar, bir donaga

1,1

1,7

2,5

0,7

4.

Boshqa doimiy ustama xarajatlar, bir donaga

5,0

4,0

2,8

1,6




Jami

61,6

41,5

7,8

9,4




350 dona konditsionerni har bir sexda sinab ko’rish va to’liq holga keltirish

18,0

11,0

7,0




Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari uchun quyidagilarni hisoblab bering:

  1. Kelgusi yilda yana 350 dona mahsulot ishlab chiqarib, uni asosiy xaridorga eng

past bo’lgan qaysi bahoda sotish mumkinligini;

  1. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida xo’jalik yurituvchi subyektda bahobelgilashning qaysi usulidan foydalanish lozimligini asoslab bering. Xo’jalik yurituvchi subyekt mahsulotlari uchun kelgusi yilda baho qanchani tashkil qilishi maqsadga muvofiq?

v. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari kelgusi yili yana bir yangi mahsulotni, ya’ni kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarib, uni bozorga taklif qilmoqchi.
Bu mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha mutaxassislar qo’shimcha tarzda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi: bir dona kir yuvish mashinasini ishlab chiqarish bo’yicha shartli o’zgaruvchan xarajatlar 42 ming so’m va shartli doimiy xarajatlat 11 ming so’m.
Xo’jalik yurituvchi subyektning marketing xizmati xodimlari bozorni o’rganib, quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi:

Bir dona kir yuvish mashinasining sotish bahosi, ming so’mda

75,0

70,0

65,0

58,0

Bozordagi talab, donaga

10 000

12 500

14 800

20 000

Ayni paytda xo’jalik yurituvchi subyektning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bir yilda 11 000 dona kir yuvish mashinasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin, shu bilan birga, agar xo’jalik yurituvchi subyekt kir yuvish mashinasini ishlab chiqarmasdan sotib oladigan bo’lsa, unga xaridordan quyidagi taklif mavjud: 10 ming donagacha sotib olsa, har bir donasini 50 ming so’mdan, agar 11 ming donadan ko’p sotib olsa, har bir donasini 47 ming so’mdan.


Ana shu holatda xo’jalik yurituvchi subyekt eng maksimal miqdorda foyda olish uchun qahday qaror qabul qilishi kerak?
Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariga ishlab chiqarish quvvatlaridan eng samarali foydalanish bo’yicha aniq xulosa tayyorlab bering.
4. Xo’jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga “xarajatlar plyus” usulidan foydalanib sotish bahosini belgilash.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ikki xildagi konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradi, A va B. Ana shu ikki xil mahsulotlar ikkita sexda ishlab chiqilib, xo’jalik yurituvchi subyekt boshqa xil mahsulot ishlab chiqarmaydi. Xo’jalik yurituvchi subyektda mahsulotlar zahirasi yo’q.
Xo’jalik yurituvchi subyektning yillik shartli doimiy xarajatlari miqdori (texnik xizmat ko’rsatish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari bilan birgalikda) 18 mln. so’mga teng. Ana shu shartli doimiy xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari tannarxiga, ularning egallab turgan ishlab chiqarishdagi band bo’lgan maydonlari miqdoriga qarab, proporsional tarzda taqsimlanadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan har ikki mahsulotga ham 25 foiz ustama qo’yadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt kelgusi yil uchun quyidagi ko’rsatkichlarni xarajatlar smetasiga kiritmoqda:
a.

Ma’lumotlar

“A” mahsuloti

“B” mahsuloti

Ishlab chiqarish quvvati, donada

300 000

150 000

Xarajatlari

220 000

115 000

b.

Ma’lumotlar

“A”
mahsulotini ishlab
chiqaruvchi sex

“B” mahsulotini ishlab
chiqaruvchi sex

Ombor

Texnik xizmat ko’rsatish bo’limi (TXK)

Ma’muriy boshqaruv apparati
(MBA)

1. Xarajatlar, mln.
so’mda:
















- materiallar

2,4

1,1

0,1

0,1




- boshqa o’zgaruvchan xarajatlar

1,1

0,8

0,2

0,3

0,3

- ombor

85

60










- TKX xarajatlari

70

40

30







- MBA xarajatlari

60

45

30

15




2. Maydoni, m2

900

700

350




250

Talab qilinadi:
Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari uchun quyidagilarni:

  1. har bir mahsulot turning sotish bahosini hisoblab bering;

  2. yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida, hamda quyidagi takliflardan kelibchiqib, xo’jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish quvvatlaridan qay tarzda foydalanayotganligi va uning samarasini yanada oshirish bo’yicha rahbarga har tomonlama asoslangan xulosa tayyorlang:

  • yangi xaridorlardan “B” mahsulotidan yiliga 3 000 donadan sotib olmoqchiligito’g’risida, lekin, sotib olish bahosi xo’jalik yurituvchi subyekt biznes rejasidagidan 5 foizga kam;

  • boshqa bir xaridorlardan aynan “B” mahsulotidan yiliga 40 000 donadan va xaridbahosini xo’jalik yurituvchi subyektning ana shu “B” mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan to’liq ishlab chiqarish xarajatlari plyus 10 foiz ustama miqdorida.

5. Tannarxni hisoblash va baholarni aniqlash
«AV» tekstil fabrikasi ayollar kiyimini ishlab chiqaradi. Tekstil fabrikaning yil davomidagi faoliyati to’g’risida quyidagicha ma’lumotlar mavjud:

- o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari

1 530 000

- doimiy ishlab chiqarish xarajatlari

540 000

- tijorat xarajatlari

360 000

- ma’muriy-boshqaruv xarajatlari

202 500

- ko’zda tutilayotgan foyda miqdori

337 500

Shu yili tekstil fabrikasi ishlab chiqarayotgan ayollar kiyimiga bo’lgan talab 450 ming donani tashkil qilishi hisob-kitob qilingan.
Talab qilinadi:

  1. Bir dona mahsulotning loyihalashtirilayotgan tannarxini hisoblab topish.

  2. Quyidagi usullardan foydalanib, mahsulot bahosini hisoblab bering: a) yalpi foyda usuli;

b) sotuv rentabelligi.
6. Ko’rsatilayotgan xizmat bohosini aniqlash
«VS» xo’jalik yurituvchi subyekti yirik shoxli mollardagi kasalliklarni tekshirish va ularni emlash-da’volash bilan shug’ullanadi. Ana shunday tekshirishlar eng kamida bir yilda bir marta o’tkazilishi lozim. Yil davomida sodir etilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • to’g’ri mehnat xarajatlari 425 000

  • o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari 350 000

  • doimiy ishlab chiqarish xarajatlari 237 500

  • marketing xarajatlari 162 500

  • ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 137 500

  • ko’zda tutilayotgan foyda miqdori 125 000

  • foydalanilayotgan aktivlar miqdori 781 250

Shu yili xo’jalik yurituvchi subyekt 125 ming bosh qoramolni tekshirishdan o’tkazishlari va emlashlari mumkin. Aktivlarning o’rtacha rentabelligi – 16 foiz.
Talab qilinadi:

  1. Bir dona qoramolni tekshirish-emlash xarajatlari tannarxini hisoblab bering.

  2. Quyidagi usullardan foydalanib, tekshirish-emlash bahosini hisoblab bering: a) yalpi foyda usuli;

b) sotuv rentabelligi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling