Transformatorlar. Transformatorlarning soni va quvvatini tanlash. Reja: Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatini tanlash


Transformatorlarning soni va quvvatini aniqlash


Download 15.97 Kb.
bet2/3
Sana02.12.2023
Hajmi15.97 Kb.
#1779738
1   2   3
Bog'liq
Transformatorlar. Transformatorlarning soni va quvvatini tanlash-fayllar.org

Transformatorlarning soni va quvvatini aniqlash.
Transformator podstansiysining tipi va joylashishi o'rnini tanlash asosan elektr yuklamalarning kattaligi va xarakteriga,ularni korxonaning bosh planda va ishlab chiqaruvchi ob’ektlardagi joylashishiga bog'liq.sex transformatorlarning soni quvvatini tanlash.Istalgan toifali istemolchilarni bitta va ikki transformatorli podstsnsiya ta’minlashi mumkin.Bir transformatorli podstansiyalar uch toifali iste'molchilarni ta'minlash uchun ko'proq qo'llaniladi. Lekin ikkinchi toifali iste'molchilarni bir transfomatorli podstansiyadan (zaxiradagi transformatorni biror soat davomida almashtirish imkoniyati bo'lganda) energiya bilan ta'minlash mumkin.
Agar 1 toifali iste'molchilarning yuklamasi umumiy yuklamada 15-20% oshmasa, agar ikkilamchi kuchlanishli masul iste'molchilarni zaxiralash imkoniyati bo'lsa bir transformatorli podstansiya variant qabul qilsa bo'ladi. Agar 1 va 2 toifali iste'molchilar ko'proq bo'lsa va ularning elektr ta'minotida uzilishga ruxsat berilmasa, unda ikki transformatorli podstansiyalarni qo'llash kerak. shuningdek, ikki transformatorli podstansiyalar uncha mas'ul bo'lmagan iste'molchilarni ta'minlashda xam qo'llaniladi, agarda transformatorni joylashgani taqazo etsa.
Podstasiyalarda transformatorlar soni 2 dan oshishi istisno xollarda ruxsat etiladi. Bunda sexda xar xil kuchlanishli iste'molchilar mavjud bo'lsa, katta quvvat yuklamalar mavjudligida va podstansiyalarni taqsimlangan o'rnatish joyi yo'qligida qo'llaniladi. Bir transformatorli podstansiyalarda, ikkilamchi kuchlanishda rezervsiz 2 toifali iste'molchilarni ta'minlaganda, ishchi rejimdagi xisobiy yuklama bo'yicha transformatorlarning quvvati quyidagicha tanlanadi:

Ikklamchi kuchlanishda ikki bir transformatorli podstansiyalar orasida farq bo'lsa, transformatorlarning quvvati zaxiralangan qo'shni yuklamaning qismini xisobga olgan xolda qabul qilinadi. Bir transformator ishdan chiqsa, ikkinchisi buzilgan transformatorni ta'minlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oralig'i uchun 100% li ishonchlilikni ta'minlaydi.


Sanoat korxonalari iste'molchilarning elektr ta'minotida zarur bo'lgan sex transformatorning soni, quvvati, tipi va o'rnini tanlashda quyidagi tartib tavsiya etiladi.
1. Korxonaning bo’sh planida aloxida ob’ektlar yoki korxonaning bo'limlarining yoki kuchlanishi bo'yicha, tokning turi va ishga tushish tartibi bo'yicha sex yuklamalari chiziladi. yuklamalar ma'lum bir masshtabda aylana tuziladi. (yuklamalar kartogrammasi)
2. Elektr yuklamalarni qanday taqsimganligi va taqsimlangan yuklamalarning markazlari aniqlanadi.
3. Oldindan podstansiyaning o'rnatish joylari belgilanadi va ular orasidagi yuklamalarning taqsimoti ko'rib chiqiladi.
4. Podstansiyaning turi, uning taqririban gabiriti, texnologlar va quruvchilar bilan kelishilgan xolda o'rnatish joyi belgilanadi.
Xamma quvvatli va kuchlanishli transformator podstasiyalar mumkin qadar yuklamalar markaziga yaqinroq joylashishi muxim axamiyatga egadir. TP va boshqa kounikatsiya tugunlar aksincha, tarmoqning ta'minlanayotgan bo'limlarining chegarasida shunday joylashtirish kerakligi, elektr energiyasining teskari tomonga yonaltirilishi yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bunday talab bajrilganda o'tkazgich materiallari tejaladi va elektr energiya nobudgarchiligi va kapital mablag'lag' kamayadi.
TP soni va quvati qiyidagicha tanlanadi:
a) iste'molchining yuklama grafigi va xisoblangan maksimal quvvat qiymati bo'yicha;
b) iste'molchilarning toifalari (1-toifali ista'molchilarni xisobga olgan xolda) bo'yicha;
v) kapital mablag' va ektluatatsiya sharoitida sarf xarajatlarni xisobga olgan xolda keltirilgan variantlardan transformatorlarning soni va quvvati texnik -iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha;
g) iqtisodiy maqbul rejim bo'yicha (bu rejim quvvati va energiya isroflarini eng kamini ta'minlaydi)
Avariya xolatida bitta transformator ishdan chiqsa, ishlovchi transformatorlar 1-toifali iste'molchilarni 100% to'liq ta'minlashi va 2-toifali iste'molchilarning yuklamasini 70% ta'minlashi lozim, 3-toifali iste'molchilar avariya rejimida vaqtincha o'chirib qo'yish mumkin. Sex transformator podstansiyalarda 1000 kBA li bir yoki ikki transformatorli KTP qo'llash tavsiya etiladi. TP ni ta'minlaydigan sexlarning yuklamasini yuklanish koefitsenti. K =0.7/0.8 teng bo'lgan normal rejimdagi transformatorlarning yuklanish koeffitsentini xisobga olgan, tanlash tavsiya etiladi. Xuddi shunday xamma TP transformatorlarning soni va quvvati tanlanadi va 7 - jadvalga keltiradi.
Agar EUL kuchlanishi sex podstansiyalari yuqori kuchlanishidan katta bo'lsa, korxonada bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) o'rnatiladi. Bunda podstansiya transformatorlari korxona elektr iste'molchilarning toifalari bo'yicha yuklanish koeffitsenti orqali tanlanadi. Unga ko'ra 1-toifali iste'molchilar uchun K =0.65-0.75; 2-toifali uchun K =0.75-0.85; va 3-toifali uchun esa K =0.85-0.95 oraliqda bo'lishi kerak. Podstansiyalardagi transformatorlarni yuklanish koeffitsenti quyidagi formuladan topish mumkin:
Bu formulada -korxonaning xisobiy quvvati;
n-2ta-podstansiyadagi transformatorlar soni bu kattalik ko'pincha ikkiga teng.
Transformatorning quvvat isrofi:

bu yerda: -qisqa tutashuv quvvat isrofi, kBt;


-salt ishlash quvvat isrofi, kBt.


Bir yillik elektr energiya isrofi:

bu yerda: -eng katta isroflar vaqti.


- transformatorning 1 yillik ishlash vaqti bo'lib, o'chirilmasdan ishlaydigan transformator uchun quyidagi ifoda aniqlanadi:

=365*24=8760 soat.


Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling