- Transformatsiyalash koeffitsienti trans-formatorlar nazariyasi va ularni ekspluata-siyasida ko‘p ahamiyatli hisoblanadi.
- Transformatorning istalgan rejimini tavsiflash uchun chulg‘amlarning e.yu.k. va m.yu.k. muvozanat tenglamalaridan foydalaniladi.
- Magnit zanjiri uchun Kirxgofning birinchi qonuni qo‘llaniladi.
- Transformatorning almashtirish sxemasi orqali transformator ishini analitik va grafik usullar bilan tekshirish jarayoni soddalashadi.
- Transformatorlar quyidagi ish rejimlarida ishlaydi:
- a) Salt ishlash rejimi;
- b) YUklama rejimi;
- v) Qisqa tutashuv rejimi.
- Salt yurish (yuksiz) rejimida ikkilamchi chulg‘amning toki nolga teng, lekin birlamchi chulg‘amdagi tok nolga baravar bo‘lmaydi. Ikkilamchi chulg‘am uzilgan holda birlamchi chulg‘amning toki salt yurish toki deyiladi
- Salt (yuksiz) ishlashning ahamiyati katta, chunki uning yordamida tajriba usuli bilan transformatorning muhim qiymatlari bo‘lmish a) transformatsiyalash koeffitsienti; b) yuksiz ishlash toki va v) yuksiz ishlash quvvat isroflarini aniqlash mumkin.
- Salt (yuksiz) ishlash vektor diagrammasi.
- Tok, kuchlanish va boshqa o‘zgaruvchilarni kompleks shaklida vektorlar bilan ifodalash mumkinligi transformator-larni hisoblash va ular ishini tavsiflashda ancha qulayliklar yaratadi.
- Transformatorlarning qisqa tutashuvi deb uning shunday cheklangan rejimiga aytiladiki, bunda ikkilamchi chulg‘am o‘z-o‘ziga qisqa (R=0 bo‘lgan o‘tkazgich bilan) ulanib, birlamchi chulg‘amga u1 o‘zgaruvchan kuchlanish ulanadi. SHu sababli, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi u2 = 0 bo‘ladi. Qiska tutash rejimi, bu avariya (shikasta) rejim bulib, bunda tok nominal qiymatga nisbatan 10-20 marta oshib ketadi.
- Transformatorning yukli ishlashi, uning birlamchi chulg‘ami tarmoqqa, ikkilamchi chulg‘ami esa yukka yoki yuk tarmog‘iga ulanganda sodir bo‘ladi va ikkilamchi chulg‘amdan i2 toki oqib o‘tishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |