Transformatsion-generativ grammatika maktablari reja: Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi


Download 401.67 Kb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi401.67 Kb.
#1167859
1   2   3
Bog'liq
Transformatsion-generativ grammatika maktablari

Shunga ko‘ra, Xomskiy gaplarni yadroli va bu yadrodan qayta o‘zgargan, uning transformasi bo‘lgan gaplarga ajratdi. Yadro gaplar, deb sodda, yig‘iq, darak gaplar tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik tizimining asosini tashkil qiladi. Masalan, Ishchilar uy qurishyapti gapi yadro gapga misol bo‘ladi. Bunda N1 N2 V. Bu aktiv konstruksiya hisoblanadi.

  • Shunga ko‘ra, Xomskiy gaplarni yadroli va bu yadrodan qayta o‘zgargan, uning transformasi bo‘lgan gaplarga ajratdi. Yadro gaplar, deb sodda, yig‘iq, darak gaplar tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik tizimining asosini tashkil qiladi. Masalan, Ishchilar uy qurishyapti gapi yadro gapga misol bo‘ladi. Bunda N1 N2 V. Bu aktiv konstruksiya hisoblanadi.
  • Yadro gaplardan turli shakliy o‘zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi transformasiya deyiladi. Masalan, Uyni ishchilar qurishyapti. N2 N1 V. Bu konstruksiya passiv bo‘lib, u transformasiya amali natijasida hosil qilingan.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan misollar ham transformalar sanaladi:
Qushlar sayrashyapti
Qushlarning sayrashi
Til o‘rganish
(Kimdir ) til o‘rganyapti
Yozuvchini taklif qilish
(Kimdir) yozuvchini taklif qilyapti
Qayd qilingan barcha transformatsiyalarda fe’l harakat nomiga aylangan, ya’ni otlashish amali vujudga kelgan.

N. Xomskiyga ko‘ra, transformatsion tahlil sintaktik strukturalarning zohiriydan botiniyga aylanish yo‘li bilan tahlil qilishdir. Haqiqatan ham nutq va tafakkur jarayonlarida botiniy strukturaning o‘rni mavjud. Biroq ushbu “botiniylik”ning qanday va qayerdan paydo bo‘lganligi tadqiq qilinmaydi. Ya’ni Xomskiyning modelida hali “tafakkur” yo‘q.

  • N. Xomskiyga ko‘ra, transformatsion tahlil sintaktik strukturalarning zohiriydan botiniyga aylanish yo‘li bilan tahlil qilishdir. Haqiqatan ham nutq va tafakkur jarayonlarida botiniy strukturaning o‘rni mavjud. Biroq ushbu “botiniylik”ning qanday va qayerdan paydo bo‘lganligi tadqiq qilinmaydi. Ya’ni Xomskiyning modelida hali “tafakkur” yo‘q.
  • N. Xomskiyning dastlabki tadqiqotlarida hali hech qanday psixologiya yo‘q edi. Uning transformatsion modeli tabiiy til ifodalarini avtomatik sxemalarga solish imkoniyatinigina yaratgandi. Keyinroq N. Xomskiy asta-sekin insonning nutqiy faoliyati muammolari bilan qiziqa boshladi.

Download 401.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling