Transformatsiya Koeffitsientini
-mavzu. Transformator chulg‘amlaridagi EYUK va toklar
Download 1.84 Mb.
|
Transformatsiya Koeffitsientini
2-mavzu. Transformator chulg‘amlaridagi EYUK va toklar.
Yuqorida aniqlangan almashtirilgan elektr sxema (1.18,b-rasm) transformatorning barcha rejimlarida zarur bo‘lgan aniqlikda tadqiqot qilish imkonini beradi. Quvvati 50 kV·A va undan yuqori bo‘lgan transformator tavsiflarini uning yordamida aniqlash katta ahamiyatga ega, chunki bunday transformatorlarni bevosita eksperimental usulida aniqlash ba’zi texnik qiyinchiliklar bilan bog‘liq: elektr energiyani besamara sarf qilish, qimmatbaho va katta xajmli yuklantirish uskunalari zaruratligi. Almashtirish sxema parametrlari ni hisoblash (transformatorni loyihalash jarayonida) yoki tajriba usullari yordamida aniqlash mumkin. Quyida almashtirish sxema parametrlarini tajriba usuli bilan aniqlash tartibi keltirilgan. Uning uchun yuksiz ishlash (yu.i.) va qisqa tutashuv (k.t.) tajribalarini o‘tkazish zarur bo‘ladi. YUksiz ishlash tajribasi. YUksiz ishlash deb transformatorning shunday ishlash rejimi nazarda tutiladiki, unda birlamchi chulg‘amga turli qiymatlarda kuchlanish ulab, ikkilamchi chulg‘am uzilgan, ya’ni yuklanishga ulanmagan ( ) bo‘ladi. Bunday holat uchun kuchlanishlar va toklar tenglamalari quyidagi shaklga keladi (1.40) Transformator yuksiz ishlaganda foydali quvvat nolga teng bo‘lgani uchun, transformatorning kirishidagi yu.i. quvvati magnit o‘zakdagi magnit quvvat isrofi (gisterezis va uyurma toklar isroflari)ga, hamda faqat birlamchi chulg‘amdagi Joul (misdagi) isroflari I02r1 (chulg‘amdagi tok oqishi sababli uning qizishi)ga sarf bo‘ladi. Biroq, I0 tokning kichik ekanligini e’tiborga olib (uning qiymati nominal tok I1nom ning 2-10% dan katta emas), elektr I02r1 isroflarni e’tiborga olmaslik va transformatorning barcha yu.i. quvvati magnit o‘zakdagi magnit quvvatlardan iborat, deb hisoblash mumkin. Shu sababli magnit isroflarni transformatorda yu.i. isroflari, deb qabul qilingan. Transformator yuksiz ishlash tajribasi 1.29,a-rasmda keltirilgan sxemadan foydalanib bajariladi. Sxemaga ulangan elektr o‘lchov asboblari komplekti bevosita birlamchi chulg‘amga keltirilgan kuchlanish , ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish , yu.i. quvvati va yu.i. toki ni o‘lchash imkoniyatini beradi. 1.29-rasm. Bir (a) va uch fazali (b) transformatorlar yuksiz ishlash tajribasi sxemalari Bir fazali transformator birlamchi chulg‘amiga, aksariyat, kuchlanishni 0 dan 1,15·U1nom gacha ravon oshirish imkonini beruvchi bir fazali kuchlanish rostlagichi (BKR) dan beriladi. Bunda, tahminan bir hil oraliqda yu.i. toki oshirilib, barcha o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Shundan so‘ng yu.i. tavsiflari: yu.i. toki Io, yu.i. quvvati va yu.i. quvvat koeffitsienti ning kuchlanishga bog‘liqligi (1.30-rasm) quriladi. 1.30-rasm. Transformator yu.i. tavsiflari Bu tavsiflarning egri chiziqli ekanligi magnit o‘zakning to‘yingan holatiga bog‘liq bo‘lib, kuchlanish U1 ning ma’lum qiymatidagina yaqqol tus oladi. Uch fazali transformatorning yu.i. tajribasi bajarilishida birlamchi chulg‘am U1 kuchlanishi biror uch fazali kuchlanish rostlagichi UFKR (1.29,b-rasm) yordamida boshqariladi. Yuksiz ishlash tavsiflari uchchala faza tok va kuchlanishlarining o‘rtacha qiymatlari uchun quriladi (1.41) (1.42) Bir fazali transformator uchun quvvat koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi (1.43) (1.44) Bunda va - bir fazali vattmetrlarning ko‘rsatkichlari; va -kuchlanish va toklarning faza qiymatlari. Yuksiz ishlash tajribasi natijasi bo‘yicha quyidagilar aniqlanadi: transformatsiyalash koeffitsienti k = U1/U20 = wl/w2; kuchlanish nominal U1nom bo‘lgandagi yu.i. toki (nominalga nisbatan protsentda) i0=(Ionom/I1nom)100%. (1.45) yu.i. quvvat isrofi R0. Uch fazali transformatorlarning yu.i. rejimida fazalardagi toklar teng emas va nosimmetrik tizimni tashkil qiladilar (§ 1.8ga qarang), shu sababli quvvat R0 ni ikki vattmetr usuli (1.29,b-rasmda keltirilganidek) yoki uch vattmetr usuli yordamida o‘lchash zarur. Yu.I. rejimida 1.31-rasmdagi almashtirish sxemasining birlamchi shoxobchasi kuchlanishlar pasayuvi juda kichik miqdor bo‘lganligi sababli, sezilarli xatoga yo‘l qo‘ymasdan, magnitlovchi shoxobcha parametrlarini hisoblashda quyidagi ifodalarni qo‘llash mumkin: (1.46) (1.47) (1.48) Aksariyat, umum mo‘ljal katta va o‘rta quvvatli transformatorlarda nominal birlamchi kuchlanish bo‘lganda yu.i. tokining miqdori i0=10÷0,6% dan oshmaydi. Agar nominal kuchlanish U1nom ga mos bo‘lgan amaldagi yu.i.toki I0nom va yu.i. quvvati P0nom katalogdagi shu transformator ko‘rsatkichlaridan katta bo‘lsa, bu shu transformatorning nosozligidan darak beradi: chulg‘amlarda qisqa tutashgan o‘ramlar mavjudligi yoki magnit o‘zak plastinalarida tutashliklar borligidan darak beradi. 1.31-rasm. Transformatorning yuksiz ishlash almashtirish sxemasi Misol 1.4. Yuqorida 1.30-rasmda uch fazali transformatorning yu.i. tavsiflari keltirilgan bo‘lib, pasport qiymatlari quyidagicha: Snom=100kV·A; Ulnom,/U2nom=6,3/0,22 kV; chulg‘amlar ulanish Y/Y. Transformator almashtirish sxemasi magnitlovchi shoxobchasining parametrlari zm, rm va xt xamda QK chulg‘ami faza kuchlanishi U2f = 127 V nominal bo‘lganda yu.i. toki aniqlansin. Echish. Magnitlovchi shoxobcha to‘la qarshiligi (1.46) dan Magnitlovchi shoxobcha aktiv qarshiligi (1.47) dan , Magnitlovchi shoxobcha induktiv qarshiligi (1.48) dan Yuksiz ishlash toki (1.45) dan bunda tokning QK chulg‘amidagi nominal tok bunda U2nom— ikkilamchi kuchlanishning liniya qiymati. Qisqa tutashuv tijribasi. Transformatorning qisqa tutashuvi (q.t.) shunday rejimki, unda ikkilamchi chulg‘am klemmalari qisqa tutashgan bo‘lib (zn=0), bu chulg‘amdagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi (U2=0). Ekspluatatsiya sharoitida, transformatorga to‘la kuchlanish U1nom ulanganda, qisqa tutashuv avariya rejimi hisoblanadi va transformator uchun katta xavf tug‘diradi. Q.t. tajribasi o‘tkazishda bir fazali transformatorning QK chulg‘ami qisqa tutashtiriladi (1.32,a-rasm), YuK chulg‘amiga esa pasaytirilgan kuchlanish beriladi, kuchlanish rostlagichi bilan UK.nom gacha asta oshirib, birlamchi (I1k=I1nom) va ikkilamchi (I2k=I2nom) chulg‘amlardagi toklar nominal qiymatlarigacha etkaziladi. Shu tariqa o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinadi va q.t. tavsiflari: q.t. toki I1K, q.t. quvvati Rk, va quvvat koeffitsientining kuchlanishga bo‘lgan bog‘liqligi quriladi (1.33-rasm). Uch fazali transformator bo‘lganda tajriba 1.32,b-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha bajariladi, q.t. kuchlanishi va q.t. toki uchchala faza ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik qiymatlaridan olinadi Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling