Transfuziologiya nima?
Download 424.36 Kb.
|
Transfuziologiya nima
Donorlik va salomatlikHar bir donor ushbu oddiy qonunlarni bilishi kerak: Donor qon orqali yuqadigan kasalliklardan o‘zini saqlashi kerak. Hozirgi vaqtda bular virusli gepatit «B» va «C», OIV/OITS — infeksiyalar. Bunday og‘ir kasalliklarni oldini olish uchun inson tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanishi, har bir muolajalarda faqatgina bir marotaba ishlatiladigan shpritslardan foydalanishi kerak. Tish shifokoriga yoki boshqa bir shifokor ko‘rigiga kelganda har bir muolajalardan oldin tibbiyot hodimlariga donor ekanligingizni eslatishingiz va ular faqatgina bir marotaba ishlatiladigan yoki sterillangan tibbiy asboblardan foydalanishlarini so‘rang. Donorlar uchun qon va uning komponentlarini topshirish oralig‘i bo‘yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Maqsad esa, qon topshirish donorga ziyon yetkazmasdan sog‘lig‘ini saqlashdan iboratdir. Bir yilda 4 marotabagacha qon topshirish mumkin. Har bir 5 marotaba ketma-ket qon topshirgandan so‘ng donorlar 3 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida dam olishlari tavsiya qilinadi. Qon topshirgandan 30 kun keyin donor plazma topshirishi mumkin. Plazma topshirgandan 14 kun o‘tgach donor yana qayta plazma topshirishi mumkin. Qon yoki uning komponentlarini topshirgan kuningiz quyidagi tavsiyalarga ahamiyat bering:
Qon topshiradigan kuni ertalab, albatta, nonushta qiling. Qon topshirishdan avval bir necha kun mobaynida spirtli ichimliklar iste’mol qilmang. Qon topshirishni imtihonlardan, musobaqalardan, diplom ishlaridan oldin va ishingiz juda ko‘p bo‘ladigan vaqtlarga rejalashtirmang. To‘g‘ri ovqatlaning: donor ovqati tarkibida oqsilga boy mahsulotlar bo‘lishi lozim: go‘sht, lavlagi, grechka, loviya va boshqa dukkakli mahsulotlar, baliq va boshqalar. Agarda siz bu qoidalarga va tavsiyalarga ahamiyat bersangiz, donorlik sizga ziyon keltirmaydi va ko‘pgina bemorlar hayoti saqlanib qolinadi. Download 424.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling