Transkripsiya. Fonetik va fonologik transkripsiya. Transliteratsiya


Download 37.57 Kb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi37.57 Kb.
#1032923
1   2   3
Bog'liq
transkripsiya. fonetik va fonologik

tonetik transkripsiya ham mavjud. Frazadagi urg'uli va urg'usiz bo'g'in­lar­ni, nutq ohangini, ritmik-melodik vositalarni, qisqa va cho'ziq pauzani ko'rsa­tish uchun qo'llanuvchi maxsus fonetik belgilar tonogramma deb yuritiladi. Masalan, urg'uli bo'g'in – (–) belgisi bilan, urg'usiz bo'g'in – (٠) bilan, qisqa pauza – (/), fraza boshi va oxiridagi cho'ziq pauza (//) bilan ko'rsatilishi mumkin. Intonatsiyasiga ko'ra bir gap turli tonogrammaga ega bo'lishi mumkin.
Tilshunoslar tomonidan fraza va gap­larning intonatsiyasini o'rganish uchun qabul qilingan tur­li tonetik transkripsiya belgilari mavjud. Yuqorida ko'r­­satilgan belgilardan tashqari, ba'zan musiqada qo'llanuv­chi nota belgilari ham intonatsiyani ko'rsatishda qo'llanadi.
Tillar o'z yozuvi va tovushlar sistemasi bilan farq qiladi. Bir tildagi so'zlarni boshqa tilda yozish uchun amaliy transkripsiyadan foydalaniladi. Bunday amaliy transkripsiyani transliteratsiya deb yuritiladi. Bir tildagi so'zlarni ikkinchi tilda yozish uchun so'zlarning talaffuzini yozuv uchun moslashtirish zarur bo'ladi. Agar har ikki tildagi tovushlar bir-biriga yaqin kelsa, transliteratsiya qilish ancha qulay bo'ladi. Masalan, Leningrad – Leningrad, Kiev – Kiyev, Samarkand – Samarqand, Tashkent – Toshkent, Tomsk – Tomsk kabi. Biroq ikki tildagi yozuv va talaffuzda katta farqlar bo'lgani sababli ulardagi tovushlar va harflar bir-biriga to'g'ri kelmasa, so'zlarni transliteratsiya qilish qiyinchilik tug'diradi. Masalan, Webster – Uebster, Thomas – Tomas, Ealton – Elton, Isaak – Isaak, Martinet – Martine, Thyeodor – Teodor, Haus – Xayz kabi. Shu tufayli bunday chet tilidagi so'zlarni boshqa tillardagi yozilishi va talaffuzida ko'pgina noaniqlik­lar va har xilliklar kelib chiqadi.
Transliteratsiyada bir tovush yozuvda ikki harf bilan (yoki aksincha, talaffuzda bir harf ikki tovush bilan) berilishi mumkin. Umuman, transliteratsiyada har ikki til­dagi tovushlarning talaffuzidagi yaqinliklarni hisobga olinadi.
Transliteratsiya bir tildagi kishi nomlarini (ularni "antroponimlar" deyiladi), geografik nomlarni (ularni "toponimlar" deb yuritiladi) va boshqa nomlarni ikkinchi tilda berilishida katta yordam berishi ahamiyatlidir. Chunki bunday nomlar odatda bir tildan ik­kin­chi tilga tarjima qilinmaydi.
Download 37.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling