Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Xamidov Sardor Rustam og'li
Infeksiya - Yuqumli kasallik (infeksion) – lotincha – “infectio” – “ifloslanish” ma’nosini bildiradi.
Infeksion jarayon - Infeksion jarayon – inson organizmi (makroorganizm) bilan kasallik qo’zg’atuvchi mikrob (mikroorganizm)ning ma’lum sharoitda o’zaro ta’siri oqibatida yuzaga keladigan o’zgarishlar.
- Bu jarayon kasallik alomatlari ko’rinishida namoyon bo’lsa – yuqumli kasallik deb ataladi.
- Yuqumli kasalliklarning o’ziga xos xususiyatlari
- Barcha yuqumli kasalliklar bemor yoki bakteriya tashuvchilardan atrofdagi sog’lom kishilarga yuqishi mumkin.
- Kasallikning atrofdagilarga yuqish ehtimoli kasallik turiga va kechish davriga bog’liq.
- Har bir kasallik ma’lum turdagi patogen mikrob tomonidan qo’zg’atiladi.
Yuqumli kasalliklarning davrlari - Yashirin (inkubatsion) davri
- Boshlang’ich (prodromal) davri
- Avj olish davri
- Rekonvalessensiya, sog’ayish davri
Sog’ayish davri - Klinik sog’ayish
- Bakteriologik sog’ayish
Bakteriya tashuvchilik
Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan turg’unlik – immunitet paydo bo’ladi. - Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan turg’unlik – immunitet paydo bo’ladi.
Yuqumli kasalliklarning kechishi - Engil
- O’rta og’ir
- Og’ir
- Juda og’ir
Har qanday mikrob tarkibida zaharli modda – toksin bo’ladi. - Toksin mikrobning hayot faoliyati oqibatida hosil bo’lib, atrof muhitga tarqalsa – ekzotoksin deyiladi. Grammusbat mikroblar ekzotoksin hosil qiladi (difteriya tayoqchasi, botulizm)
- Ekzotoksin oqsil moddasini saqlaydi
- Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof muhitga tarqaladigan bo’lsa – endotoksin deyiladi. Grammanfiy mikroblar endotoksin ajratadi (vabo vibrioni, ich terlama mikrobi).
Tananing mikrob kirib, tarqaladigan joyi – infeksiyaning kirish darvozasi (IKD) deyiladi. - Masalan: gripp, qizamiq, suvchechak, ko’kyo’tallarda IKD – yuqori nafas yo’llari.
- Ichak infeksiyalari uchun IKD – og’iz orqali.
- Yuqumli kasalliklarning tanaga tushgan mikrob qonga o’tishi bakteremiya deyiladi.
Yuqumli kasalliklarda organizmning mikrobga nisbatan javob reaksiyasi bu – tana harorati ko’tarilishidir.
Davomiyligi bo’yicha: Yuqori tana harorati bo’yicha: Doimiy isitma – tº bir necha kun baland bo’ladi. Ertalabki isitma kechqurungisidan pastroq bo’ladi, lekin ularning farqi 1ºC dan oshmaydi (ich terlama, toshmali tif). Remittirlovchi isitma - tº bir necha kun baland bo’ladi. Ertalabki va kechqurungi isitmalar farqi 1ºC dan oshadi (sepsis, sil). Intermittirlovchi (almashinib turuvchi) isitma – tº birdan 39-40ºC gacha ko’tarilib, kun davomida normagacha tushadi. Farqi 3-4ºC ni tashkil qiladi (bezgak). Qaytalovchi isitma – yuqori isitma davri normal tana haroratli davrlar bilan almashinib kechadi va bir necha kun davom etadi. Isitma davri to’satdan boshlanadi va to’satdan tugallanadi (qaytalama tif).
To’lqinsimon isitma – doimiy yoki remittirlovchi isitmaning bir necha sutka davomida normal xaroratli davrlar bilan almashinib kechishi, bunda t° tushishi asta-sekin yuz beradi (surunkali qoraoqsoq, TPK, limfogranulematoz).
Haroratning 2-3 soat mobaynida to’satdan pasayib, normaga kelishi – kritik pasayish deyiladi. - Haroratning 2-3 soat mobaynida to’satdan pasayib, normaga kelishi – kritik pasayish deyiladi.
- Harorat 3-4 kun mobaynida asta-sekin pasaya borib normaga kelishi – lizis deyiladi.
Ba’zi transmissiv infeksiyalarda (tulyaremiya, borrelioz va boshqa lar) qo’zg’atuvchi teriga kirgan soxada birlamchi affekt, ya’ni teri koplamlari soxasidagi yalliglanish, kasallikning boshqa klinik belgilari bilan kechadi. - Ba’zi transmissiv infeksiyalarda (tulyaremiya, borrelioz va boshqa lar) qo’zg’atuvchi teriga kirgan soxada birlamchi affekt, ya’ni teri koplamlari soxasidagi yalliglanish, kasallikning boshqa klinik belgilari bilan kechadi.
Yuqumli kasalliklarda laborator tekshirish usullari - Bakteriologik
- Bakterioskopik
- Serologik
- Virusologik
- Allergologik
- Bioximik
- Yordamchi laboratoriya usullari: EKG, UTT (UZD), rentgen, KT, MRT.
Yuqumli kasalliklarni davolash asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |