Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Aralash tashish nakladnoyini rasmiylashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Aralash tashish nakladnoyini rasmiylashtirish
Yukni o‘zining tasarrufiga qabul qilib olishda aralash tashish operatori yuk jo‘natuvchiga butun yo‘l davomida yukka hamrohlik qilishi lozim bo‘lgan aralash tashish nakladnoyini berishi shart. Aralash tashish nakladnoyi aralash tashish operatori yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan albatta imzolangan bo‘lishi shart. Aralash tashish nakladnoyi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.: 39 · Yukning turi, markirovkasi, joylar soni, yukning brutto og‘irligi yoki uning har qanday o‘lchov birliklaridagi miqdori, yukning xavfli xarakteriga ko‘rsatmalar; · Yukning tashqi holati; · Aralash tashish operatorining to‘liq nomi va yuridik manzili; · Yuk jo‘natuvchining to‘liq nomi va yuridik manzili; · Yukni qabul qilib oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili; · Yukni jo‘natish punkti va yukning aralash tashish operatorining tasarrufiga qabul qilinganlik sanasi; · Etkazib berish punkti; · Agar u tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishilgan bo‘lsa, yukni etkazib berish punktiga etkazish sanasi yoki muddati; · Aralash tashish nakladnoyining berilgan joyi va sanasi; · Aralash tashish operatori yoki u tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi; · Agar u tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishilgan bo‘lsa, har bir transport turi bo‘yicha tashish to‘lovlari yoki umumiy tashish to‘lovlari; · Tashish to‘lovlari yuk jo‘natuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi o‘rtasida qanday taqsimlanishi to‘g‘risida ko‘rsatma; · Ko‘zda tutilgan tashish marshruti, foydalaniladigan transport turlari va agar aralash tashish nakladnoyini berish paytida ular ma’lum bo‘lsa – yukni qayta yuklash punktlari; · Agar ular amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasa, aralash tashishning tomonlari o‘rtasida kelishilgan boshqa har qanday shartlar. Agar aralash tashish operatori yoki uning nomidan harakat qiladigan shaxs yuk to‘g‘risida aralash tashish hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiylikka mos kelmasligini bilsa yoki bunga asosli ravishda shubha qilsa va unda bu ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lmasa, u aralash tashish hujjatiga ushbu noaniqliklarni, shubhalanish uchun asoslarni va tekshirib ko‘rish uchun imkoniyat yo‘qligini ko‘rsatish bilan mos keluvchi yozuvlarni kiritishi shart. Agar aralash tashish operatori yoki uning nomidan harakat qiluvchi shaxs aralash tashish 40 hujjatida yukning tashqi holatini ko‘rsatmasa, uning tasarrufiga qabul qilingan yukning tashqi holati yaxshi deb hisoblanadi. Aralash tashish nakladnoyining berilishi yuklarni qandaydir bir transport turi bilan tashishni ham o‘z ichiga olgan holda aralash tashish shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir alohida operatsiyalarni bajarish uchun boshqa hujjatlarning berilishini istisno qilmaydi. Ko‘rsatilgan hujjatlarni rasmiylashtirish va berish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling