Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Xavfli yuklarni tashishda
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Xavfli yuklarni tashishda
transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish Xavfli yuklar (rus. OG) – bu yuklash, tashish, tushirish va saqlash paytida ularga nisbatan noto‘g‘ri yoki ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘linganda portlashi, yonib ketishi, yong‘inning sababchisi bo‘lishi, transport vositasi yoki boshqa yuklarning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishiga sababchi bo‘lishi, odamlarning zaharlanishi va kuyishiga sababchi bo‘lishi, atrof-muhitga ekologik zarar etkazishi mumkin bo‘lgan yuklardir, shu sababli ular yuklash, tashish, 52 tushirish va saqlashda maxsus ehtiyotkorlik shartlari va chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Xavfli yuklardan tashqari yana bir qator engil alangalanadigan yuklar mavjud, ular o‘zlarining xususiyatlariga ko‘ra xavfli yuklar qatoriga kirmaydi, biroq tashish va saqlashda yong‘in chiqishiga nisbatan ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qiladi. Bunday yuklarga paxta tolasi, turli xil makulatura, har xil o‘tinlar, oltingugurt, pichan, somon, to‘qimachilik mahsulotlari, torf, yog‘och ko‘miri, paxta, sellyuloza, turli xil priborlar, qurilmalar va hokazolar kiradi. Transportning barcha turlarida xavfli yuklarni tashish qoidalarining asosiga xalqaro qonunchilik qo‘yiladi. Deyarli barcha mamlakatlar xalqaro qoidalarni milliy qonunchilikka joriy qilganlar. Bunday qonunchilik 1965 yilda “BMT IMO kodi” ning (Xalqaro dengiz tashkiloti) tarkibiga kirgan “Xavfli yuklarni kodlashtirish bilan dengiz orqali tashishning Xalqaro qoidalari” bilan taqdim qilingan. Bu qoidalar xavfli yuklarning klassifikatsiyasini va ularni dengiz transporti bilan tashish qoidalarini belgilaydi. Xavfli yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi ekspeditorlar sug‘urta qiluvchilar, qoidaga ko‘ra, ularning sabablari sud yoki arbitraj tomonidan xodimlarning xavfli yuklarni tashish qoidalarini bilmasligining oqibati deb talqin qilinishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashni sug‘urtalashdan bosh tortishlarini hisobga olishlari lozim bo‘ladi. SHu sababli ham bu qoidalarni bilish talab qilinadi. Yuklarni terminallarning omborxonalariga taqdim qilish va qabul qilish hamda olib chiqib ketishning barcha xavfli yuklar uchun umumiy bo‘lgan shartlariga, idishlar, o‘ramlar, harakatlanuvchi sostav va tonnajga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarga, yuklarning massasini aniqlash va yuklash- tushirish ishlarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilish zarur bo‘ladi. Ehtiyotkorlikning umumiy chora tadbirlaridan tashqari har bir xavfli yuk uchun alohida ravishda, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan (idish va o‘ram turi, idishdagi yozuvlar va yorliqlar va boshqalar) individual ehtiyotkorlik choralari ham amal qiladi. 53 Transport-ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi FIATA xavfli yuklarni jo‘natuvchilar va ekspeditorlarga yordam tariqasida xavfli yuklarni dengiz, temir yo‘l va avtomobil transporti bilan tashishning amaldagi xalqaro qoidalariga muvofiq yuk jo‘natuvchining xavfli yukni tashish to‘g‘risidagi deklaratsiyasini ishlab chiqqan. Klassifikatsiyaga ko‘ra xavfli yuklar 9 ta klasslarga bo‘linadi. Xavfli yuklarning har bir klassi va tagklassi uchun o‘zining yorliq-belgisi ko‘zda tutilgan. Haydovchilar va xavfli yuklarni kuzatib borish uchun yuborilgan shaxslar maxsus o‘qitilgan bo‘lishi va ularning malakasi mos keluvchi guvohnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun javobgarlik avtotransprt korxonasining rahbari zimaasiga yuklanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling