Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Davlat tibbiy-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati ostida


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Davlat tibbiy-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati ostida
tashiladigan yuklarga transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon kelib chiqishli
xomashyo (teri, jun), tirik hayvonlar, o‘simliklar, o‘simlik va o‘rmon mahsulotlari
ana shunday yuklar bo‘lib hisoblanadi. Bunday yuklar mamlakat ichida, yuqumli
kasalliklar tarqalmagan punktlar va xo‘jaliklardan temir yo‘llar va avtomobil
yo‘llari bo‘ylab hech qanday to‘sqinliklarsiz, biroq har doim Davlat veterinariya,
fitosanitariya (karantin) inspeksiyalarining (Davlat sanitariya nazorati, Davlat
karantin inspeksiyasi, Davlat don inspeksiyasi) qat’iy nazorati ostida tashiladi.
Hayvon kelib chiqishli mahsulotlar va xomashyoni jo‘natishda (tashish
qoidalaridagi ro‘yxatga ko‘ra) yuk jo‘natuvchilar stansiyaga har bir vagon yoki
kichik jo‘natma uchun belgilangan formadagi veterinariya guvohnomasini taqdim


51
qilishlari shart (veterinariya guvohnomasining barcha bo‘limlari batafsil
to‘ldirilgan bo‘lishi lozim, masalan, junni tashishda jun yuvilgan yoki yuvilmagan
holatda jo‘natilayotganligini, jun qanday usulda yuvilganligini ko‘rsatish talab
qilinadi).
O‘simlik va o‘rmon mahsulotlari, tirik o‘simliklarni tashish yuk jo‘natuvchi
tomonidan tashish huquqini beradigan karantin hujjatlari – karantin sertifikati yoki
karantin ruxsatnomasi (guvohnomasi) taqdim qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Karantin hujjatlari har bir vagon uchun alohida tuziladi va qat’iy hisobot berish
hujjati sifatida yukni jo‘natish stansiyasida saqlanadi, ularning dublikatlari esa
nakladnoylarga qistiriladi va yukni etkazib berish stansiyasida yukni qabul qilib
oluvchiga beriladi.
Mamlakatda import yuklarning karantin nazoratining qat’iy tartibi amal
qiladi. Xorijiy davlatlardan o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasining
davlat chegarasidan o‘tkazishga faqatgina:
a) Davlat karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin
ruxsatnomasi;
b) undan mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning mos keluvchi
qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan, davlat chegarasi orqali o‘tadigan
mahsulotning zararkunandalar, kasalliklar va o‘simlik kelib chiqishli begona o‘tlar
bilan zararlanmaganligini tasdiqlaydigan karantin sertifikatlari
bo‘lgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling