Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yuklarga kuzatuvchilar hamrohlik qilgan holda yuklarni tashishda
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yuklarga kuzatuvchilar hamrohlik qilgan holda yuklarni tashishda
transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish Ba’zi bir yuklarni tashishda yo‘lda ularga maxsus xizmat ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash yoki ularning yaroqsiz holga kelishi, halokatga uchrashi va o‘g‘irlanishining oldini olish uchun ularni uzluksiz kuzatib borish talab qilinadi. Ular qatoriga tashish paytida maxsus xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan (isitish, boqish, qarash) hayvonlar, qushlar, asalarilar, tirik baliq, o‘simliklar va tirik gullar, tez buziladigan yuklar; ba’zi bir xavfli yuklar; avtomobillar va g‘ildirakli texnika; muzey eksponatlari; antikvar boyliklar va boshqalar kiradi. Temir yo‘l transportida yuklarga hamrohlik qilish masalalari “Yuklarni tashish qoidalari” ning 21-bo‘limi bilan tartibga solinadi, u ularni tashish Temir Yo‘llar Vazirligining harbiylashtirilgan qo‘riqchilar bo‘linmalarining xodimlari, yuk jo‘natuvchilar yoki yukni qabul qilib oluvchilarning vakillari hamrohligida amalga oshiriladigan yuklar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Yuklarning ba’zi bir turlariga nisbatan ekspeditorlik kuzatuvi majburiy bo‘lib hisoblanadi. Agar yuk jo‘natuvchining (qabul qilib oluvchining) ekspeditori hamrohligida tashiladigan bo‘lsa, yuk jo‘natuvchi (qabul qilib oluvchi) ekspeditorning yukni jo‘natish joyiga harakatlanuvchi sostavning kelish momentiga etib kelishini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Agar ekspeditor harakatlanuvchi sostavning kelish momentiga etib kelmasa, yukni jo‘natuvchi 54 (qabul qilib oluvchi) harakatlanuvchi sostavning turib qolganligi uchun avtotransport korxonasi oldida javobgar bo‘ladi, bunday javobgarlik shartnomada va avtomobil transporti Nizomining 141-moddasida ko‘zda tutiladi. Yuk jo‘natuvchining (qabul qilib oluvchining) ekspeditorini bir soat davomida kutgandan keyin avtotransport korxonasi harakatlanuvchi sostavni garajga qaytarishga yoki undan boshqa tashishlar uchun foydalanishga haqli bo‘ladi. Bunday holda tashish amalga oshmadi deb hisoblanadi, turib qolish uchun jarima hisoblash to‘xtatiladi va tashishning amalga oshmay qolganligi uchun avtotransport korxonasi javobgar bo‘lmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling