Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Tez buziladigan yuklarni tashishda transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Tez buziladigan yuklarni tashishda transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish
Bu yuklarni tashishning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, tashish paytida ularni tashqi havoning yuqori va past temperaturalaridan himoyalash talab qilinadi. Bu talabni qanoatlantirishga turli xil sovutish qurilmalari yoki muz zapaslari bilan jihozlangan kemalar va konteyner-refrijeratorlarning maxsus harakatlanuvchi sostavidan foydalanish bilan erishiladi. Transportda ilmiy-texnik revolyusiya keyingi yillarda tez buziladigan yuklarni tashishning eng yangi texnologiyalari yaratilishida o‘zini yaqqol namoyon qilgan.Temperaturani sintetik openomaterialdan tayyorlangan odatdagi izolyasiyaga qaraganda 10-15 marta samaraliroq ushlab turadigan vakuum issiqlik- izolyasiyali konteynerlar yaratilgan. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va gullarni tashish uchun kemalarda refrijerator-konteynerlar va almashuvchi kuzovlarni havodan olinadigan sof azot bilan to‘ldirish tizimi qo‘llaniladi (uzilgan gullarning saqlanish muddati 21-28 kungacha, pomidor va salatlarning saqlanish muddati – 40 kungacha uzayadi). Bu bunday mahsulotlarni qishda Janubiy yarim shardan Shimoliy yarim sharga etkazib berish muammosini bartaraf qiladi. 50 Mevalarni tashish uchun temperaturani +1° dan +12° S gacha, pishloqni tashish uchun +2 o dan +5° S gacha, muzlatilgan go‘shtni tashish uchun -9° dan -18° S gacha, baliqni tashish uchun -18° dan -25° S gacha oraliqda ushlab turish talab qilinadi (-18° S va undan ham pastroq temperaturani talab qiladigan yuklar “chuqur muzlatishni talab qiladigan yuklar” deb ataladi). Bir qator bunday yuklar tashish uchun oldindan yaxlatilgan yoki muzlatilgan holatda taqdim qilinadi. Refrijerator vagonlar katta tezlik rejimida butun boshli poezd bo‘lib (21 yoki 23 ta vagon), yoki 5-12 ta vagondan tarkib topgan mexseksiyalar bilan yoki avtoamtik rejimda ishlash bilan avtonom ravishda (xuddi konteynerlar kabi) harakatlanadi. Refrijeratorli flot, qoidaga ko‘ra, shartnomalar asosida - kema egalari, portlar va yuk egalari tomonidan mevalar, bananlar, ananaslarni etkazib berishda mavsum yoki chorak (kvartal) uchun, baliqni jo‘natishda baliq ovi mavsumi uchun, go‘shtni jo‘natishda – mollarni so‘yish mavsumi uchun muvofiqlashtiriladigan maxsus jadval bo‘yicha ishlaydi. Bunday yuklarni tashish uzoq davom etmaydi. Temperatura o‘zgarishlariga ko‘proq barqaror bo‘lgan tovarlarni (sitrus mevalar) tashish esa odatdagi transport vositalari bilan amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling