Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yuklarni berish va etkazib berish manzilini o‘zgartirish (pereadresovka)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Yuklarni berish va etkazib berish manzilini o‘zgartirish (pereadresovka)
qoidalari
Yuklarni berish
Yuk yukni qabul qilib oluvchiga o‘z vaqtida va tegishli tartibda berilishi,
shuningdek yukni qabul qilib oluvchi kelish yo‘llarini, yukni tushirish va qabul
qilish joyini tayyorlashi uchun yuk jo‘natuvchi yukni qabul qilib oluvchiga yuk
jo‘natilayotganligi to‘g‘risida xabar berishi lozim. Yuk yukni qabul qilib oluvchiga
tovar-transport nakladnoyida ko‘rsatilgan manzilda topshiriladi.
Yukni qabul qilib oluvchi yuk qabul qilib oluvchining ish vaqti tugagunga
qadar etib kelgan avtomobilni bo‘shatishi va yukni qabul qilib olishi shart. Yuk
tushirib olingandan keyin uning xodimlari avtomobillar va konteynerlarni yuk
qoldiqlaridan tozalashlari, agar hayvonlar, qushlar, xom hayvon mahsulotlari va
tez buziladigan yuklar tashilgan bo‘lsa – harakatlanuvchi sostavni yuvishlari, zarur
bo‘lgan hollarda dezinfeksiyalashni o‘tkazishlari shart. Ba’zi bir hollarda
ifloslangan yuk platformasini (avtomobilning kuzovini) tozalashni amalga
oshirishni transport tashkiloti o‘zining zimmasiga olishi mumkin (bunda to‘lov
yuk qabul qilib oluvchining hisobidan amalga oshiriladi). Yukni belgilangan
manzilda yukni qabul qilib oluvchiga og‘irligi va o‘rinlar soni bo‘yicha topshirish
xuddi yukni yuk jo‘natuvchidan qabul qilib olishdagi tartib bo‘yicha amalga
oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, o‘rinlarni sanash va boshqalar).
Yukning miqdorini tortish yordamida aniqlashda agar yukning og‘irligidagi
farq:


57
a) yuk og‘irligining tabiiy kamayishi me’yoridan;
b) tarozilarning ko‘rsatishidagi farqlar me’yori yoki yukni tortishning
Rossiya Federatsiyasi standartizatsiya va metrologiya Davlat Komiteti tomonidan
o‘rnatilgan aniqlik me’yoridan
oshiq bo‘lmasa, yukning amaldagi og‘irligi bilan yuk jo‘natuvchining tovar-
transport hujjatlarida ko‘rsatilgan og‘irligi o‘rtasida farqlar vujudga kelgan
taqdirda avtotransport korxonasi bu farqlqr uchun moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Agar yuk etkazib berilgan manzilda yukning og‘irligini, yuk o‘rinlari soni
yoki yukning holatini tekshirish paytida kamomad, yukning shikastlanganligi yoki
yaroqsiz holga kelganligi aniqlansa, yoki bu holatlar yo‘lda sodir bo‘lganligi
to‘g‘risida yo‘lda tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, avtotransport
korxonasi yoki tashkiloti kamomadning qanchaligini, shikastlangan yoki yaroqsiz
holga kelgan yukning miqdorini aniqlashi shart. Ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lgan
hollarda avtotransport korxonasi yoki tashkiloti o‘zining tashabbusi bilan yoki
yukni qabul qilib oluvchining talabiga ko‘ra mos keluvchi mutaxassislarni
ekspertiza o‘tkazish uchun taklif qiladi.
Ekspert xarajatlarini:
a) agar kamomad, yukning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishi
avtotransport korxonasining aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlansa – avtotransport
korxonasi;
b) barcha boshqa hollarda – yuk jo‘natuvchi
to‘laydi.
Ekspertiza natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspertiza
dalolatnomasi ekspertdan tashqari ekspertizada ishtirok etgan barcha shaxslar
tomonidan ham imzolanishi lozim. Ekspert etib kelguncha yukni qabul qilib
oluvchi yukning tegishli holatda saqlanib turishini ta’minlashi shart.
Yukni qabul qilib oluvchi faqatgina shikastlanish yoki yaroqsiz holga kelish
oqibatida yukning sifati undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljallanish bo‘yicha to‘liq yoki
qisman foydalanishning iloji bo‘lmaydigan, buning uchun avtotransport korxonasi
yoki tashkiloti javobgar bo‘lgan taqdirda yukni qabul qilib olishdan bosh tortishi
mumkin, bunda mos keluvchi dalolatnoma tuziladi.


58

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling