Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu. BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA EKSPIDITORLAR ISHINI TASHKIL QILISH Reja
- Tayanchiboralar
Nazorat savollari
1. Yuklarni aralash tashish shartnomasi o‘zida nimani taqdim qiladi? 2. Yuklarni aralash tashish nakladnoyi qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi? 3. Yuklarni aralash tashish operatori qanday majburiyatlar va javobgarlikni zimasiga oladi? 4. Maxsus shartlar bo‘yicha yuklarni tashishda transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 5. Har-xil turdagi yuklarni tashishda transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab bering. 6. Yukni topshirish va yuklarni etkazib berish manzilini o‘zgartirish qoidalari qanday? 61 6-mavzu. BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA EKSPIDITORLAR ISHINI TASHKIL QILISH Reja: 1. Ekspeditsion korxonaning ishini rejalashtirish tizimini ishlab chiqish. 2. Transport-ekspeditsion korxonaning maqsadlari va vazifalarini belgilash. 3. Xizmatlar bozorida raqobat sferasi. 4. Raqobatbardoshlilikni strategik rejalashtirish. 5. Transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish sohasida informatsion texnologiyalar. Tayanchiboralar:xizmatlar bozori, raqobat, strategiya,progressiv texnologiyalar, menejment, marketing,intensifikatsi, diversifikatsi,daromadlar, foyda,yo`riqnomalar,bozormodeli,menejer,nomenklatura Transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish bozorida raqobat Transport-ekspeditsion korxonalarning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sekin sur’atlar bilan amalga oshadi. Transport-ekspeditorlik xizmatlar bozori yetarlicha rivojlanmagan bir sharoitda barcha ekspeditorlar ham o‘zining ishini yangi shart- sharoitlar va talablarga muvofiq qayta qurishga qiziqavermaydi va bunga qodir bo‘lavermaydi. Ekspeditsion korxonalar va tashkilotlar hali tashishlar va boshqa xizmatlarning to‘lovga qodir bo‘lgan talabi va boshqa bozor rag‘batlariga zaif javob qaytarmoqda. Bozor sharoitlarida transport-ekspeditsion korxonaning raqobatbardoshliligi xizmatlar sohasida ma’lum bir bozor mavqeini (hatto unchalik yuqori bo‘lmasa ham) egallash va ushlab turish qobiliyatidan iborat bo‘ladi. Raqobatbardosh bo‘lish – bu avvalambor barcha iste’molchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda transport-ekspeditorlik xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashdir. Transport-ekspeditorlik xizmatlarning bosh sifat ko‘rsatkichlaridan biri ularning pand bermasligidir. Pand bermaslik darajasi past bo‘lganda transport-ekspeditorlik xizmatlarning qolgan iste’molchilik jihatlari o‘zining jalb qiluvchanligini yo‘qotadi. 62 Transport-ekspeditsion korxonalarning raqobatbardoshliligini zizmatning iste’molchilik xususiyatlarining jamlanmasi sifatida ham ta’riflash mumkin, bu ularning raqobatchining xizmatidan ehtiyojlarni qanoatlantirish xarajatlari, narxlar nisbati va xizmatning iste’molchilik sifatini hisobga olish bilan konkret ehtiyojlarga mos kelish darajasi bo‘yicha ajralib turishini xarakterlaydi. Bundan tashqari raqobatbardoshlilik darajasiga quyidagi asosiy omillar (faktorlar) ham ta’sir ko‘rsatadi: • tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni bilish darajasi; • progressiv texnologiyalarning qo‘llanilishi; • xizmatlar nomenklaturasining kengayishi (yangi transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish turlarining qo‘llanilishi); • transport-ekspeditsion korxonalarning ishlab chiqarish bazasi bilan ta’minlanganligi; • logistik tizimlarning qo‘llanilishi; • xodimlarning malaka darajasi, menedjment; • marketing va boshqalar (xizmatlar bozorini tadqiq qilish). Raqobatbardoshlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda mijozlarning talablaridan kelib chiqish zarur bo‘ladi, ularning asosiylari: a) tovarni (yukni) o‘z vaqtida etkazib berishga; b) yukni ortish-tushirish va transportirovka qilish paytida yukning saqlanishini ta’minlashga; v) etkazib berishning tejamli bo‘lishiga; g) transport va ekspeditsion korxonalarning mahsulotni sotish, oraliq saqlash, upakovka qilish, shuningdek boshqa operatsiyalar va xizmatlar bo‘yicha funksiyalarni o‘ziga olishga tayyorligiga keltiriladi. Transport va ekspeditsion korxonalar bu omillarni yaxshi bilishi va har bir mijoz uchun ularning ahamiyatini to‘g‘ri baholay olishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling