Avtomobillarga TXK va T texnologiyasi mavzusini o’qitishda klaster uslubidan foydalanish
maqsadga muvofiq. Klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo’lib, u ko’p variantli fikrlashni
o’rganilayotgan tushunchalar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi, biror mavzu bo’yicha
23
talabalarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashiga yordam beradi. «Klaster» so’zi g’uncha, bog’lam
mahnosini angaltadi. Klasterlarga ajratishni dahvat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni
rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga yetib
borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash texnologiyasi mavzusini o’rganish uchun quyidagi
klasterni tuzamiz:
1. Sinf yozuv taxtasi o’rtasiga katta qog’oz varag’iga «Avtomobillarga TXK va T texnologiyasi»
mavzusi bo’yicha kalitlar yozamiz.
2. Bu kalit so’zlardan foydalanib avtomobillarni yuvish tasnifini tuzamiz.
3. Qog’oz o’rtasiga «Avtomobillarga TXK va T texnologiyasi» deb yozib qo’yamiz va uning
atrofiga talabalar fikrlab kerakli kalit so’zlar yozib borishadi.