Transport iqtisodiyoti


Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish


Download 252.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana31.01.2024
Hajmi252.73 Kb.
#1832813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisod kurs ishi Egamberdiyev Firdavs .

Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish 
Aylanma mablag‘larni rejalashtirish quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
-aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha me’yorlarni hisoblash (kun, 
foiz); 
-tegishli elementlar bo‘yicha bir kunlik aylanish sxemasini aniqlash (pul 
ko‘rinishida); 
-pul ko‘rinishida korxonaning o‘ziga tegishli aylanma mablag‘lar normativlarini 
aniqlash (so‘m); 
-korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan normativlarni qoplash 
manbalarini aniqlash.
Mablag‘larni limitlashtirish nuqtai nazaridan olganda me’yorlanadigan va 
me’yorlanmaydigan aylanma mablag‘lar mavjud. Me’yorlanuvchi aylanma mablag‘larga 
ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va 
buyurtmachilarga bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblardagi mablag‘lar kiradi.
Me’yorlanmaydiganlarga barcha turdagi debitorlik qarzlari: buyurtmachilar uchun 
bajarilgan, lekin o‘z vaqtida to‘lanmagan hisob-kitobdagi mablag‘lar, jo‘natilgan tovarlar 
va ko‘rsatilgan hizmatlar va boshqalar uchun haqlar kiradi. Bu mablag‘larning miqdori 
operativ ravishda aniqlanadi.
Me’yorlashtirish - aylanma mablag‘larni tashkil etish va ulardan foydalanishni 
nazorat etishning muhim vositasidir. Me’yorlashtirishning to‘g‘ri tashkil etilishi 
qurilishni zarur resurslar bilan ta’minlash va ulardan ratsional foydalanish sharoitini 
yaratadi.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish - bu har bir pudratchi tashkilot bo‘yicha 
ularning zaruriy minimal miqdorini to‘lig‘icha va alohida elementlari bo‘yicha 
belgilashdir. 
+ qurilish faoliyati bo‘yicha aylanma mablag‘larning miqdori davlat pudrat 
tashkilotlarida aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish to‘g‘risidagi instruktsiyaga 
muvofiq ravishda belgilanadi.
Belgilangan normativ ehtiyoji chegarasida korxonalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan 
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanadilar.
+qurilish tashkilotida o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishidagi 
normativi rejalashtirilayotgan davr oxirida hisoblanadi, normativga nisbatan asoslangan 
tarzda bo‘ladigan barcha og‘ishlar qarz mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
Pudratchi qurilish yoki tasarruf tashkiloti uchun kerak bo‘ladigan aylanma 
mablag‘larning miqdori konkret sharoitga - ishlar hajmi va strukturasi, materiallar sarfi, 
mehnat sarfi, ta’minot harakteri va komplektlash, buyurtmachilar bilan hisob-kitob qilish 


shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli aylanma mablag‘larni rejalashtirish va 
me’yorlashtirish moddiy-tovar boyliklari strukturasining har bir tashkil etuvchi bo‘yicha 
alohida amalga oshiriladi.
Me’yorlashtirishning asosida yo‘l tashkilotlari bo‘limlarining konkret ish 
sharoitlarini hisobga oluvchi aylanma mablag‘lar me’yorlarini ishlab chiqish yotadi. 
Moddiy boyliklar va xarajatlarning ba’zi turlari bo‘yicha aylanma mablag‘larining har 
qaysi elementi bo‘yicha me’yorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilish uslubi yordamida 
ishlab chiqiladi. Me’yorlarni ishlab chiqishda, aylanma mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini oshiruvchi, materiallar va mehnat xarajatlarini kamaytiruvchi, moddiy-
texnika ta’minotini yaxshilovchi, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar bilan hisob-
kitoblarni mukammallashtiruvchi, hujjatlar aylanishini tezlashtiruvchi, tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar hisobga olinishi kerak.
Bir xil ish profiliga ega bo‘lgan yo‘l qurilish tashkilotlari uchun, ya’ni ta’minot va 
bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblari o‘xshash tashkilotlar uchun, yuqori tashkilot 
aylanma mablag‘lar elementlari bo‘yicha tipik me’yorlar ishlab chiqishi mumkin. 
Me’yorlar qator yillar mobaynida amal qilib, vaqti-vaqti bilan texnologiyaning o‘zgarishi 
va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, ularning strukturasi va harakteri, moddiy-
texnika ta’minoti rejalari, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblar tizimi va boshqa reja 
ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan holatlarda qayta ko‘rib chiqiladi va 
aniqlashtiriladi.
Aylanma mablag‘larning elementlari bo‘yicha tasdiqlangan me’yorlar asosida yo‘l 
qurilish tashkilotining moliyaviy xodimlari har yili joriy rejani tuzishda korxonaga 
tegishli aylanma mablag‘lar normativini, yillik reja ko‘rsatkichlariga asoslanib, pul 
ko‘rinishida aniqlab chiqadilar. Aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishida ifodalangan 
normativi N reja bo‘yicha bir kunlik reyesterlar xarajatini (masalan, asosiy materiallar) 
zahira kunlarining umumiy me’yoriga xarajat miqdori esa yillik resurslar iste’mol hajmini 
yildagi kunlar soniga bo‘lib topiladi:
H =
𝑀
365
∗ H
h
bu yerda,
M-materiallar iste’molining yillik hajmi, mln.so‘m; 
H
h
-zahira kunlari soni, kun 

Download 252.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling