Transport jarayonlarini optimallashtirishga yondashuvlar. Reja: Kirish Asosiy qisim 1
Zamonaviy transport logistikasi tizimiga ta'sir etuvchi omillar va ishlab chiqarish natijadorligi tahlili
Download 39.74 Kb.
|
My course work
Zamonaviy transport logistikasi tizimiga ta'sir etuvchi omillar va ishlab chiqarish natijadorligi tahlili.
Transport moddiy ishlab chiqarish sohasi bo ‘lib, yuk va odamlami tashishni amalga oshiradi. Vazifasi bo‘yicha transport ikki turga ajratiladi: 1. Umumiy foydalanish transporti — yuk va yoiovchilarni tashib, barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi. Umumiy foydalanish transporti aholiga va xizmat ko‘rsatish sohasiga xizmat ko‘rsatadi. Umumiy foydalanish transporti o‘z ichiga temir yo‘l, suv transporti (daryo va dengiz) ni, avtomobil, havo transporti va truboprovod transportini oladi. 2. Umumiy foydalanishga mo‘ljallanmagan transport — ishlab chiqarish ichidagi transport hamda notransport tashkilotlariga tegishli bo‘lgan barcha transport turlari. Aniq yuk tashish jarayonini uzviy bog'langan bosqich va operatsiyalarga boiingan tizim orqaii amalga oshirib, natijada yuk tashishda yuqori samaraga erishishga yuk tashish jarayoni texnologiyasi deyiladi. Transport logistikasi — transport tizim larini optimallashtirish, transport vositasining turi va tiphii tanlash; turii kanalli yo‘nalishdagi mol yetkazib berishlami aniqlash; transport-ombor jarayoni texnologik birligini ta’minlash. Transport orqali yuk tashishni tashkil etish bilan bog‘liq kompleks masalalar transport logistikasining predmetidir. Transport logistikasining asosiy prinsipi xarajatlarni optimallashtirishdir. Transport logistikasining asosiy vazifalari: • transport vositalari turini tanlash; • transport vositalari tipini tanlash; • transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish jarayoni bilan birgalikda rejalashtirish; • har xil turdagi transportda transport jarayonini birgalikda rejalashtirish (aralash yuk tashish holatida); • transport-ombor jarayoninirig birligini ta’minlash; • yetkazib berishning ratsional yo‘nalishlarini tanlash. Transport vositasini tanlashda quyidagi tamoyillaiga asoslaniladi: • yuklaming yo‘qolmasligi; • ularning joylashuvi va yuk ko‘tarish darajasidan samarali foydalanish; • yuk tashish xarajatlarini kamaytirish. Moddiy vositalar oqimining harakatlarida xomashyoning boshlangich manbalaridan tortib oxirgi iste’molchiga qadar logistik jarayonlarning kattagina qismi turii xildagi transport vositalarini qoplash bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni bajarish uchun ketgan xarajatlar logistikaga sarflangan umumiy chiqimlarning 50%ni tashkil qiladr. Transport tarkibiy jihatdan ishlab chiqarish va savdo jarayonlariga kirishib ketadi. Shu boisdan transport tarkibiy qismi logistikasining koplab vazifalarida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda logistikaning yetarii ravishda mustaqil boigan transport sohasi mavjud boiib, moddiy vositalar oqimining harakatlanishida ishlab chiqarish omborlari bilan bevosita bog‘- lanmagan holda transport jarayonlarining ishtirokchilari o'rtasida kelishmasdan ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Transport kompleksidagi texnik birikishlar transport vositalarining ayrim turlari ichida ham ko'rsatkichlarining muvofiqlashuvini bildiradi. Bu muvofiqlashuv uzoq masofalarga tashishi, konteynerlar va yuk o ‘ramlari bilan ishlash imkoniyatlarini beradi. Texnologik birikish yagona transportda tashish texnologiyasini, bevosita yuklash va tushirish, tushirib yuklanmaydigan vo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Iqtisodiy birikish bu bozor vaziyatini tadqiq etishning umumiy uslubiyati bolib, tarif tizimining shakllanishidir. Birgalikdagi rejalashtirish yagona reja jadvallarini ishlab chiqish va qo‘liashni bildiradi. Transport logistikasining vazifalariga quyidagilar kiradi: — transport tizimlarini Ьафо etish, shu jumladan, transport yo‘laklarini va transport zanjirini tashkil qilish; — transport-ombor jarayonlarining yagona texnologik birligini ta ’minlash; — transport jarayonlarini ombor va ishlab chiqarish bilan birgalikda rejalashtirish; — transport vositalarining turlarini tanlash; — yuk tashishning qulay yo‘nalishlarini aniqlash va h.k. «Transport tarmoqlari va kommunikatsiyani rivojlantirish masalalari respublikaning geografik joylashuvi, dengizga chiqish imkonining yo‘qligi, avtomagistrallar qurilishini ustuvor, istiqbolli va hayotiy ahamiyatga ega masalalaridan biri qilib qo'yadi. Kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanmasa, 0 ‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Biz buni aniq anglab olishimiz kerak»1. Mamlakatimiz temir yo‘l transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. «Toshguzar - Boysun - Qumqo‘rg‘on» yangi temir yo‘l liniyasida Yaponiya kapitali ishtirokida 5 ta ko‘prik foydalanishga topshirildi. «Navoiy — Uchquduq — Sulton — Uvaystog4 — Nukus» temir yo‘l liniyasining 6 ta yangi razyezdi ishga tushirildi. Temir yo'llarni elektrlashtirish, temir y o i lokomotivlari parki va harakatdagi tarkibni yangilash loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda Navoiy viloyatida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zonaning asosiy obyektlaridan biri sifatida Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro tashishlar bo‘yicha intermodal markaz qurilishi amalga oshirildi. Masalan, 2012-yil mobaynida «Korean Eyr» kompaniyasidan milliy aviakompaniyamiz ijaraga olgan zamonaviy transport samolyotlari bilan ushbu aeroportdan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha 330 dan ortiq reys amalga oshirildi va qariyb 8,5 ming tonna yuk tashildi. Bu Navoiy shahri aeroportini global logistika tarrnog‘ig integratsiyalash imkonini berdi. Angren shahrida mamlakatimiz hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlari o ‘rtasida yil davomida kafolatli transport aloqasini ta’minlaydigan Xalqaro logistika markazi qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Download 39.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling