Транспорт соҳасида ислоҳотларни жадаллаштириш масаласи бўйича
Harakatlanuvchi tarkibda foydalanish ko’rsatkichlari tahlili
Download 145.71 Kb.
|
Kurs ishi. Nabijonova Nilufar
Harakatlanuvchi tarkibda foydalanish ko’rsatkichlari tahlili
Статистик кузатувчи ташкил этиш Transport vositalari – transport jarayonini bevosita amalga oshirish uchun mo'ljallangan asosiy vositalarning bir qismi. Transport vositalari soni va tarkibi, ularning texnik holati va foydalanish darajasi bajarilgan tashish ishlari hajmiga (yuk aylanmasi), yuk va yo'lovchilarning etkazib berish vaqtiga bog'liq. Foydalanish statistikaning asosiy vazifalari: tashish vositalarining haqiqiy soni, xususiyatlari, ularning tarkibi, texnik holati va joylashtirilishi; tashish vositalarining ishlashini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni aniqlash; foydalanish ko'rsatkichlari darajasini belgilovchi alohida omillar ta'sirini aniqlagan holda harakatdagi tarkibdan foydalanishning erishilgan darajasini tashkil etish; tashish vositalaridan foydalanishning erishilgan darajasini transport korxonasining yakuniy natijasiga ta'sirini aniqlash. Temir yo'l transporti vositalari ikki guruhga bo'linadi: lokomotivlar va vagonlar. Bu guruhlarning har birining soni, ish hajmi va ishlatilishini statistik o'rganish o'ziga xos xususiyatlarga ega, shuning uchun har bir guruh alohida ko'rib chiqiladi. Tezkor va statistik axborotlarni tuzish uchun, depolarning tezkor va texnik hisob idoralari tomonidan qayta ishlanadigan birlamchi hujjatlar va hisobdan foydalanish bo'yicha, statistik hisobot lokomotivlarda, shuningdek, ish soatlarini qayd qilish va Lokomotiv brigadalari uchun ish haqini hisoblash, elektroenergiya va yoqilg'i sarfi uchun quyidagilar birlamchi xujjat bo'lib xizmat qiladi: Vagonlarni hisobga olish fursati bo'lib hisobot fursati hisoblanadi. mavjudlik parki ushbu fursatiga qarab aniqlanadi, o'rtacha sutka hisob birligida hisoblanadi, ya'ni vagon parkida sutka mobaynida joylashgan vagonlar. Вagonlarning mavjudlik parkining hisobga olish birlamchi manbalari: «vagonlarni ta'mirdan chiqqan haqida bildirgi» (ВУ-36); «poezdning natur varaqasi» (ДУ-1); «bekatdagi navbatchining jurnali» (ДУ-3) ; «vagonni ta'mirlashga jo'natish haqida bildirgi» (ВУ-23). agonlarning mavjudlik parkining hisobga olish birlamchi manbalari: «vagonlarni ta'mirdan chiqqan haqida bildirgi» (ВУ-36); «poezdning natur varaqasi» (ДУ-1); «bekatdagi navbatchining jurnali» (ДУ-3) ; «vagonni ta'mirlashga jo'natish haqida bildirgi» (ДУ-23). Asosiy depo navbatchisining ish stolidagi jurnal, shakl TU-1shakl, 1 va 2-qismlari. Mashinist marshruti TU-3 shakl, TU-3a shakl, TEU-2 shakl. Parovozning shaxsiy hisob varag'i TU-10 shakl; boshqa turdagi tortish kuchi lokomotivlari uchun TU-10a shakli. Lokomotiv ro'yxatga olingan depoda ishsiz turgan vaqtini hisobga olish varag'i, TU-24 shakl. Lokomotivni yakuniy qabul qilish dalolatnomasi, TU-5 shakl. G'ildirak juftlari bandajlari va lokomotivlar, elektropoezd vagonlar va dizelь-poezdlari bosgan masofalarni va parovoz qozonlarini tekshirish muddatlari hisobi kitobi, TU-17 shakl. Ta'mirlash barcha turlari, profilaktik tekshiruv va lokomotivlar, elektr va dizel-poezdlarining ta'mirlash orasida bosgan masofani ro'yxatga olish Kitobi, 27-shakl. Lokomotiv ta'mirini ro'yxatga olish Kitobi, 28-shakl. Lokomotivlar, motor-vaonli harakatdagi tarkib va ular jihozlarining shikastlanishi va nosozliklari ro'yxatga olish kitobi , TU-29 shakl. Lokomotivlarni qabul qilish dalolatnomasi, TU-31 shakl. Parovozni inventardan chiqarish dalolatnomasi, TU-43 shakl. Lokomotivni o'tkazish Dalolatnomasi, TU-53 shakl. Lokomotivni vazirlik va boshqarma zahirasiga qo'yish dalolatnomasi, TU-124 shakl. Lokomotiv tayyorligi hisobi kitobi, TU-125 shakl. Lokomotivlar va motor-vagonli harakatdagi tarkib profilaktik tekshiruvi kitobi, TU-150 shakl. Teplovoz, motor vagon, dizelь-poezd, avtomotrisalarni inventardan chiqarish dalolatnomasi, TUT-45 shakl. Lokomotiv va ishbay poezd brigadasi xodimining ish vaqti va unumdorligi hisobi kartasi, FTU-47 shakl. Huddi shunday, vaqtbay xodim kartasi, FTU-48 shakl. Lokomotivlarga qattiq yoqilg'i yoki moylash materiallari va boshqa materiallarni berish bo'yicha sutkalik vedomost, FMU-23 shakl. Lokomotivlarga suyuq yoqilg'ini berish bo'yicha sutkalik vedomost, FMU-24 shakl. Lokomotiv deposi brigadalari tomonidan yoqilg'i va elektr energiya harajati jadvallari, TXU-4 shakl. Yoqilg'i(elektroenergiya) tejash uchun mukofot hisoblash qaydnomasi TXU-6 shakl va boshqalar. Download 145.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling