Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot Raqamli iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Transport vazirligi sayti – mintrans.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Transport vazirligi sayti – mintrans.uz sayti vazirlikning maxsus sayti hisoblanadi. Ushbu sayt foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatadi. Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143 sonli qarori bilan belgilab berilgan. Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi. Ushbu saytda yangiliklar, interaktiv xizmatlar, statistik maʼlumotlar, vazirlikga aloqador normativ xujjatlar, va boshqa shunga oʻxshash foydali havolalar berib boriladi. Sayt orqali toʻgʻridan-toʻgʻri vazirlik bilan aloqa oʻrnatish ham mumkin. Interaktiv xizmatlar portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar bevosita masofadan turib foydalanishlari mumkin. Xalqaro ruxsatnomlarga onlayn ariza berish boʻlimi orqali yuridik shaxslar xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnomalarga masofaviy ariza berishlari mumkin. Litsenziyani onlayn olish boʻlimi orqali esa jismoniy va yuridik shaxslar yoʻlovchi yoki yuk tashish uchun litsenziya olishlari mumkin. Litsenziyalar reyestri boʻlimi orqali jismoniy va yuridik shaxslar litsenziyalar soni, tarixi, kabi maʼlumotlarni onlayn shaklda kuzatib boradilar. Shuningdek ushbu sayt orqali shaharlararo avtobus chiptalarini xarid qilish, qatnovlar jadvali kabi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Dozvol statistikasi boʻlimi orqali xalqaro ruxsatnomlar statistikasi bilan tanishib borish mumkin. Temiryo’l chiptalarini xarid qilish, temiryoʻl qatnovlari jadval lari orqali ham masofaviy ma’lumot olish imkoniyatlari yaratilgan. Qisqa qilib aytganda ushbu platforma orqali juda koʻplab yoʻlga oid, transportlarga oid xizmatlarni onlayn koʻrinishda foydalanishga imkoniyatlar yaratilgan. Quyida transport v azirligi sayti statistikasi koʻrsatilgan. Bu orqali doimiy rav ishda statistik maʼlumotlar yangilanib boriladi. Murojaatlar statistikasi ham ushbu orqali doimiy ravishda berib boriladi. Bu albatta jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratadi. Xizmat koʻrsatish sifatini baholash bilan ushbu sayt foydalanuvchilarga qulaylik yaratish mumkin. Shu bilan birgalikda yangiliklardan xabardor boʻlish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga yangiliklar doim berib boriladi. Ushbu sayt orqali siz eʼlon va tenderlar haqida maʼlumot olib borishingiz mumkin. Vazirlikdagi boʻsh ish oʻrinlari ham ushbu sayt orqali berilb boriladi. Eʼtiboringiz uchun rahmat! Document Outline
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling