Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo'lovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat`i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart
Download 12.61 Kb.
|
(@matnlibot)-ASDFGH
Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo'lovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat`i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi. Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalardan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi. Patta yoki jeton yo'qotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo o'ziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi. Yukxonaga topshirilgan ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi ko'rgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan bo'lsa yoki zararning o'rnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan bo'lsalar, zararni qoplash to'g'risida talab qo'yilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga to'lanadi. Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Ko'rsatilgan mud- 70 datda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana o'ttiz kun saqlab turishi shart. Ushbu muddat tamom bo'lgach, talab qilib olinmagan ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa ushbu Kodeksning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin. 1. Transport tashkilotlarining yukxonalarida ashyoni saqlash ommaviy shartnoma hisoblanadi. Odatda, transport tashkilotlari masalan, aeroportlar, temir yo'l vokzallari, avtostransport korxonalarida yuklarni saqlash uchun mo'ljallangan joylar mavjud bo'ladi. Mazkur moddada transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo'lovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat`i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shartligi belgilangan. 2. Yukxonalarda ashyoni saqlash xizmatlaridan fuqarolarga foydalanish uchun avtomatik yukxonalarni taqdim etish xizmatini ajratish lozim. Mazkur holat bank tomonidan ichidagi bor narsa bo'yicha bankning nazoratisiz mijozga foydalanish uchun po'lat sandiq taqdim etishi bilan bir xildir. Bunda ham ijara elementlari bilan aralash shartnoma to'g'risida (avtomatik yukxona foydalanish uchun uning ichida bor narsa bo'yicha transport tashkilotining nazoratisiz taqdim qilinadi) va himoya bo'yicha xizmat ko'rsatishni (transport tashkiloti avtomatik yukxonani buzib ochishga yo'l qo'yilmasligini ta`minlab berishi lozim) ko'rsatish mumkin. 3. Oddiy yukxonada saqlash bo'yicha omonat saqlash shartnomasi umumiy saqlash qoidasiga bo'ysunadi. Yuk topshiruvchi faqat fuqarolar bo'lishi mumkin, ularga ashyo qabul qilinganligini tasdiqlovchi patta yoki nomerli jeton beriladi. 4. Yuk topiruvchi ashyoni saqlash uchun topshirayotganda baholash summasini bildirishi lozim, omonat saqlovchi esa, uz navbatida, ashyoni baholangan summasini uning haqiqiy narxiga taxminan muvofiqligini tekshirib olishi lozim. Omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga yetkazilgan ashyolarni yo'qotish, kamayish yoki shikastlanish yo'li bilan yetkazilgan zararni qoplash, yuk topshiruvchi bildirgan baholangan summasi bo'yicha hisoblanishi sababli, ushbu qoida muhim ahamiyatga ega. Yuk topshiruvchiga yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablar bildirilgan vaqtdan boshlab yigirma to'rt soat ichida qoplanishi lozim. 71 5. Yukxona saqlashga majbur bo'lgan muddat, agar taraflar kelishuvi bilan undan ko'proq muddat belgilanmagan bo'lsa, tashish to'g'risidagi umumiy qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Talab qilib olinmagan ashyolar o'ttiz kun mobaynida saqlanadi, ushbu muddat tugaganidan keyin saqlash muddatlari to'g'risidagi qoidalariga muvofiq sotilishi mumkin. 6. Ashyolarni sotishdan tushgan summadan Fuqarolik kodeksining 895 moddasiga ko'ra (lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar) saqlash bo'yicha harajatlar va transport tashkilotiga to'lanishi lozim bo'lgan boshqa to'lovlar qoplanadi. Mablag'ning qolgan qismi patta yoki nomerli jeton egasiga, ularni taqdim qilinishi bilan qaytarib beriladi. 898-modda. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash Agar tashkilotlarning kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga topshirish vaqtida kelishib qo'yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan bo'lmasa, ularda ashyo saqlash bepul hisoblanadi. Ashyo kiyimxonada saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlash uchun saqlovchi yuk topshiruvchiga nomerli jeton yoki ashyo saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi boshqa belgi beradi. Kiyimxonaga topshirilgan ashyo jeton taqdim etuvchiga beriladi. Bunda saqlovchi jeton taqdim etuvchining ashyoni olishga vakolatlarini tekshirishi shart emas. Biroq, omonat saqlovchi jeton uni taqdim etuvchiga qarashli ekanligiga shubhalansa, ashyoni jeton taqdim etuvchiga qaytarib berishni to'xtatib turishga haqli. Yuk topshiruvchi jetonni yo'qotib qo'ygan, lekin uning ashyolarni kiyimxonaga topshirganligi yoki ashyolarning unga tegishliligi saqlovchida shubha tug'dirmagan yoxud yuk topshiruvchi tomonidan isbotlangan hollarda ham saqlovchi kiyimxonadagi ashyoni berishga haqli. Tashkilotlarning ashyolar kiyimxonalarda but saqlanishi uchun javobgarligi, shuningdek talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari ushbu Kodeks 897-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan qoidalar bo'yicha belgilanadi. 72 1. Saqlashning mazkur turiga tegishli muhim xususiyatlardan biri agar taraflar haq evaziga saqlash haqida alohida kelishuvga erishgan yoki boshqa ochiq oydin ko'rinib turgan usulda uning haq evaziga amalga oshirilayotganligi ko'rinib turgan bo'lmasa, bu saqlashning bepul amalga oshirilishi hisoblanadi. 2. Omonat saqlovchi sifatida binolarida kiyimxona joylashgan, tashkilot yoki transport vositasining egasi hisoblanadi, yuk topshiruvchi sifatida esa— fuqaro ishtirok etadi. Ashyoni saqlash uchun kiyimxonaga topshirganlikning tasdig'i sifatida fuqaroga odatda, jeton yoki nomerli jeton beriladi va bu shartnomani yozma ravishda rasmiylashtirilganini bildiradi. 3. Omonat saqlovchi saqlashning umumiy qoidalariga muvofiq ashyolarni saqlanishini ta`minlash uchun barcha choralarni amalga oshirishi lozim. 4. Qoidaga muvofiq, kiyimxonaga topshirilgan ashyoni jeton taqdim qiluvchiga beriladi. Mazkur holatda saqlovchi jeton taqdim etuvchining ashyoni olishga vakolatlarini tekshirishi shart emasligi belgilab qo'yilgan. Ya`ni, saqlovchi qo'shimcha ravishda oluvchini vakolati bilan bog'liq hujjatlarni tekshirish majburiyatini qat`iy belgilanmagan. Biroq, muayyan holatlarda omonat saqlovchida jeton taqdim etayotgan shaxsga ashyoni tegishliligi bo'yicha shubha tug'ilsa (masalan, ashyoni u saqlash uchun topshirmaganligini aniq bilsa), saqlovchi jeton taqdim etuvchiga ashyoni qaytarib berishni to'xtatib turishi mumkin. Bu holatda omonat saqlovchi, ashyo qabul qilish bo'yicha jeton egasining haqini tasdiqlovchi, qo'shimcha isbot talab qilishi mumkin. 5. Ayrim holatlarda ashyoni topshirgan shaxslar tomonidan jeton yoki boshqa belgini e`tiborsizlik natijasida yo'qotib qo'yishi ham mumkin. Mazkur holatda ashyoni saqlash uchun qabul qilib oluvchi haqiqatan ham ashyoni unga tegishli ekanligini (masalan, ushbu shaxsning o'zi ashyoni saqlash uchun topshirganligini) bilgan hollarda yoki boshqa holatlarda isbotlangan (masalan, ashyoni qachon va kimga topshirganligini, ashyoni tavsifini va o'ziga tegishli ekanligini dalilini taqdim etgan) taqdirda saqlovchi kiyimxonadan ashyoni berishga haqli bo'ladi. 6. Ashyolarni kiyimxonalarda saqlanishi uchun tashkilotlar javobgarligi hamda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash bo'yicha javobgarlik va saqlash muddatlari bilan bir xil (Fuqarolik kodeksining 897-moddasining 4, 5 qismlari). 73 899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo'lmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib bo'lmaydigan kuch, ashyoning o'z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno. Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo'ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi. Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo'yicha qabul qilib olingan bo'lsagina, mehmonxona ularning yo'qolganligi uchun javobgar bo'ladi. Mehmonxonada yashayotgan, o'z ashyolarining yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona ma`muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning to'liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmasligini e`lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qo'yilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo'lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo'llanadi. 1. Mehmonxonada (shu jumladan motellar, dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar, hammomlar va hokazolarda) saqlashni ikki turga ajratish mumkin. Birinchisida, saqlash sharti mehmonxona xizmat- 74 lari ko'rsatish shartnomasining qismini tashkil qiladi. Shu sababli, mehmonxonada yashash to'g'risida shartnoma tuzgan har bir shaxs yuk topshiruvchi o'rnida bo'lib, o'zining yo'qolgan yoki shikastlangan ashyolari bo'yicha mehmonxonaga nisbatan ashyoning saqlanishi bo'yicha talablarini bildirishi mumkin. Bunda ashyoni xonaga yoki boshqa shu uchun mo'ljallangan joylarga olib kirish yoki mehmonxona ishchisiga topshirish omonat saqlovchiga topshirish sifatida qabul qilinadi. Mehmonxonada yashayotgan shaxs bilan mehmonxona o'rtasida ashyoning saqlanishi bo'yicha alohida kelishuv bo'lishi shart emas. Bunda mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida javob beradi. Mehmonxona olib kirilgan ashyo yuzasidan quyidagi hollarda ya`ni, yengib bo'lmaydigan kuch ta`sirida; olib kirilgan ashyoning o'ziga xos xossalari natijasida mehmonxonada yashovchining o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollarda javobgar bo'lmaydi. 2. Ikkinchi shartnoma, mehmonxona xizmatlarini o'z ichiga olmagan holda, pul va valyuta boyliklarini, qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolarni saqlashni nazarda tutadi. Shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi uchun, yashovchining qimmatbaho ashyolari mehmonxona tomonidan qabul qilinishi lozim. Mazkur holatda saqlash to'g'risidagi umumiy normalar amal qiladi. 3. Mehmonxonalar va unga o'xshash tashkilotlar (otellar, dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar, hammomlar va hokazolar) mehmonxonaga olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun yashovchilar oldida javobgar bo'ladi. Biroq, pul, valyuta boyliklari, qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar bundan mustasno. Saqlashning mazkur turi qonun asosida vujudga keladi va mehmonxonada yashovchi shaxs bilan alohida bitim tuzishni talab qilmaydi. Bunda mehmonxonaga olib kirilgan deb, mehmonxona xodimlari yoki hodimiga berilgan, har qanday ashyo (masalan, yuk tashuvchiga berilgan yashovchining bagaji), yoki mehmonxona xonasiga joylashtirilgan ashyo (masalan, yashovchining shaxsiy ashyolari) yoki buning uchun mo'ljallangan boshqa joyga (masalan, mehmonxona garajida joylashtirilgan yashov- 75 chining transport vositasi) qo'yilgan ashyo hisoblanadi. Mehmonxonada yashovchi birinchidan, faqatgina yo'qolgan ashyoga ilgari ega bo'lganligini va ikkinchidan, darhol ashyoning yo'qolgan, kamaygan yoki shikastlanganligi to'g'risida mehmonxonani habardor qilishi lozim. Aks holda mehmonxona ashyoni saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi. 4. Mehmonxonada yashovchilarga tegishli bo'lgan pul, valyuta boyliklari, qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolarning saqlanishi uchun mehmonxona faqatgina u tomonidan saqlash uchun qabul qilib olingan taqdirda javob beradi. Mehmonxona tomonidan mazkur boyliklarni qabul qilinishi yashovchining nomi ko'rsatilgan patta berish yo'li bilan rasmiylashtiriladi va mehmonxona bilan unda yashovchi shaxs o'rtasida odatdagi omonat saqlash shartnomasi tuzilgan bo'lib hisoblanadi. 5. Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmasligini e`lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmasligi haqida qoida belgilangan. Ya`ni, bunda mehmonxona tomonidan bir tomonlama o'z javobgarligini cheklanishi, ashyo saqlanishi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmasligi haqidagi e`lonlari haqiqiy emasligi belgilangan. Xuddi shunga o'xshash qoidalar FK 395-moddasida (olingan tovar uchinchi shaxslar tomonidan sotib oluvchidan talab qilib olinadigan hollarda taraflarning sotuvchini javobgarlikdan ozod qilish yoki uning javobgarligini cheklash to'g'risidagi kelishuvi haqiqiy emasligi), hamda 718-moddasida (transport tashkilotlarining yo'lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qo'yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emasligi) ham belgilangan. 6. Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari belgilangan muddat tugagandan so'ng yana o'ttiz kun saqlab turiladi. Shundan so'ng qonunda belgilangan tartibda mazkur ashyo sotilishi hamda amalga oshirilgan harajatlarni qoplashga yo'naltirilishi mumkin bo'ladi Download 12.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling