Transport uskunalari
Download 94.19 Kb.
|
TRANSPORT USKUNALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 219-GURUH TALABASI CHORIYEVA MARJONA
TRANSPORT USKUNALARI Kran deb–yuklarni qisqa masofaga gorizontal yoki vertikal holatda siljitib beruvchi yuk ko‘taruvchi qurilmaga aytiladi. Bajaradigan vazifasi va ish sharoitlariga ko‘ra kranlar ko‘prikli, minorali, chorpoyali va boshqalarga bo‘linadi. Elektr mashinasozlik korxonalaridagi sexlarda og‘ir yarim tayyor mahsulotlarni, detal va mashina qismlarini ko‘tarib tushirish uchun hamda ularni sex bo‘ylab siljitish uchun ko‘prikli kranlardan keng foydalaniladi. Ko‘prikli kranni ko‘rinishi asosan sexning tuzilishi va texnologik jarayonga bog‘liq, biroq kran uskunalarining qismlari, masalan ko‘tarish mexanizmi, siljish mexanizmi har xil kranlar uchun deyarli bir xil bo‘ladi. Quyidagi rasmda ko‘prikli kranni umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan Kran konstruksiyasi ikkita asosiy balkadan iborat bo‘lib sex bo‘ylab yuruvchi g‘ildiraklarda harakatlanadi. G‘ildiraklar relsda harakatlanadi. G‘ildiraklarni elektrodvigatel reduktor va transmission vallar orqali harakatga keltiriladi. Ko‘prik bo‘ylab harakatlanuvchi aravacha o‘rganilgan bo‘ladi. Kran mexanizmlarini ishlashini boshqarish kabinasidan operator orqali boshqariladi. Kabinada kontroller va boshqaruvchi kontrollerlar, elektryuritma mexanizmlarini qo‘l bilan boshqarish qurilmasi joylashgan. Yuritmaning boshqarish elektr uskunalari kran ko‘prikdagi shkafda joylashgan bo‘lib, qarshiliklar yashigi ham shu yerda joylashgan. Elektr uskuna va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish uchun kabinadan ko‘prikka o‘tish lyuklari mavjud. Kranlarga elektr energiyasi sirpanuvchi tok o‘tkazgich yordamida asosiy trollerdan beriladi. Aravaga mexanizmdagi joylashgan elektr uskunalarga elektr energiyasi yordamchi troylerdan ta’minlanadi. Ko‘prikli kranlarda yukning turiga qarab xar xil tutuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Masalan: kranlar, magnitlar, greyder, kletn va boshqalar. Bulardan kranlar va ko‘taruvchi elektromagnitlar ko‘p qo‘llaniladi. Elektromagnitni elektr ta’minoti kranga o‘rnatilgan kabel barabaniga o‘ralgan egiluvchan kabel yordamida amalga oshiriladi. Barcha turdagi kranlar yuklarni siljitish uchun. Bu esa kran elektr yuritmalarini hisoblash uchun quyidagi umumiy muammolarni keltirib chiqaradi: statik yuklamalarni hisoblash, dvigatel quvvatini tanlash, ish rejimlarni tahlil qilish, elektr yuritmalar tizimini tanlash. 219-GURUH TALABASI CHORIYEVA MARJONA Download 94.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling