Transport va logistika
-rasm. «Aqilli bekat» tizimining ko‘rinishi
Download 1.99 Mb.
|
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. IQTISODIY QISM
12-rasm. «Aqilli bekat» tizimining ko‘rinishi.
GPS tizimlaridan, yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari boshqa maqsadlarda, masalan, haydovchilarga yo‘nalish to‘g‘risida yo‘riqnomalar berishda, xavfli uchastkalarda xavfsiz harakatlanishni o‘rgatishda, sodir etilgan yo‘l transport hodisasining sabablarini bevosita joyga bog‘lab tahlil etishda va hokazolarda foydalansa bo’ladi. Diplom ishi yuzasidan o’rganib chiqilgan muammoni hal qilish bo’yicha bildirilayotgan taklifdan kutilayotgan natijalar: Qatnov Yo’nalishi hududlari bo’ylab yashaydigan aholining uzoq vaqt turli ob-havo sharoitlarida ko’chada avtobuslarni kutib turishining oldi olinadi. Aholining avtobuslarni ko’chalarda kutib turishga sarflanadigan ortiqcha vaqtlari tejaladi. Avtobus ichidagi yo’lovchilarni videokuzatuv asosida kuzatish imkoni paydo bo’ladi. Yo’lovchilar oqimini, chiqish-tushishlar sonini aqlli sensor orqali online aniqlash imkoni paydo bo’ladi. 5. IQTISODIY QISM O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilardan undiriladigan tashish haq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482sonli «O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida»gi qarori va boshqa qonunlar asosida amalga oshiriladi. Shahar yo‘lovchi transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchi transporti to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati organlari (bugungi kunda bu vakolat Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga berilgan) tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doirad belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyat ichidagi yo’nalishlarda-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vàzirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi (O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘limlari va yoki yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarining taqdimnomalari bo‘yicha). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi (shaharlararoviloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyalarning taqdimnomasi bo‘yicha). Tarif deb yo‘lovchilarni tashish xizmatiga belgilangan bahoga aytiladi. Shaharda yo‘lovchilar tashishda, asosan, yagona tarifdan foydalanib kelinyapti, har bir yo‘lovchi qancha masofa yurishiga emas, balki transportdan foydalanganlik soniga qarab haq to‘laydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli Shuningdek, qarorda yo‘lovchi o‘zi bilan olib ketayotgan bitta o‘rin bagaj o‘lchami 60x40x20 sm dan va og‘irligi 20 kg dan oshganda tarif asosida qo‘shimcha haq olinishi ham belgilangan. Shahar atrofiga qatnaydigan va shaharlararo (viloyat ichidagi) avtobus yo‘nalishlarida tariflar bir yo‘lovchi-kilometr tannarxi asosida avtobus saroyining keyingi rivojlanishini ko‘zda tutib tuziladi va viloyat hokimligi tomonidan, shaharlararo viloyatdan tashqaridagi tashishlarda esa O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 1 ta avtobusning 1 siklik borib kelish tushumini hisoblab chiqamiz: Psikl=P1+P2=172 000+190 000=362 000 so’m Bir kun davomida 1 ta avtobus 3 marotaba to’liq sikldagi qatnovni amalga oshirisini hisobga olgan holda 1 ta avtobusning 1 kunlik tushumini hisoblab chiqamiz: Pum1=Psikl*nsikl=362 000*3=1 086 000 so’m Andijon-Marhamat yo’nalishida 6 ta avtobus qatnashini hisobga oladigan bo’lsak 1 kunlik 6 ta avtobusning topadigan tushumi quyidagicha hisoblanadi: Pkun=Pum1*navt=1 086 000*6=6 516 000 so’m Ushbu topilgan qiymatdan foydalanib Ushbu yo’nalishda 1 oy davomida topiladigan tushumni hisoblaymiz: Poy=Pkun*nkun=6 516 000*30=195 480 000 so’m. Konduktorlar uchun oyiga 2 000 000 so’m maosh berilsa 6ta konduktorning oylik maoshi 12 000 000 so’mni tashkil etadi. Ehtimoliy yashirib qolinadigan tushum qiymati 7 foiz atrofida bo’lishi mumkinligini hisobga olsak, 1 oy davomida 13 683 600 so’m miqdorda kamomat yuzaga keladi. 1 nafar konduktor uchun kunlik tushlik uchun ajratiladigan mablag’ 20 000 so’m. 6 nafar konduktor uchun 1 oylik tushlik uchun ajratiladigan mablag’ quyidagicha: Xkun.tush =Xtush*nk*nkun=20 000*6*30=3 600 000 so’m 1 oy davomida 1 ta yo’nalishda ishlovchi 6 ta konduktorlar uchun sarflanadigan ortiqcha harajat va kamomat: Xoy=Xkam+Xum.maosh+Xkun.tush= 29 283 600 so’m. UShbu loyihani amalga oshirish uchun saflanadigan harajatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling