Transport va logistika


Haydovchilar va chiptachilar mehnatini tashkil etish usullari


Download 1.99 Mb.
bet17/23
Sana27.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1727952
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....

Haydovchilar va chiptachilar mehnatini tashkil etish usullari
Bugungi kunda yo‘lovchilarni avtobuslarda tashishda haydovchilar va chiðtachilar mehnatini va dam olishini tashkil etishda quyidagi usullardan foydalanilyapti:

  • uchtalangan (uchlangan) shaklda mehnatni tashkil etish;

  • ikki yarimtalangan usulda mehnatni tashkil etish;

  • ikkitalangan usulda mehnatni tashkil etish;

  • bir yarimtalangan usulda mehnatni tashkil etish;

  • bittalangan usulda mehnatni tashkil etish;

  • juftlangan usulda mehnatni tashkil etish.

Har bir konkret yo‘nalish uchun haydovchilar va chiðtachilar mehnatini tashkil etish usulini tanlashda quyidagilarga alohida e’tibor berilishi kerak: yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari va yo‘nalish bo‘laklari bo‘yicha taqsimlash, «tig‘iz» soatlarning boshlanishi va tugashi, yo‘nalishda ishlash uchun zarur bo‘lgan avtobuslar soni, ularning sig‘imi va hokazo.
Uchtalangan (uchlangan) shaklda haydovchilar mehnatini tashkil etish
Bu usulda har bitta avtobusga uchta haydovchi biriktiriladi. Har kuni avtobusda ikkita haydovchi va ikkita konduktor ishlaydi. Har ikki ish kunidan keyin har bir haydovchi va konduktor uchun dam olish rejalashtiriladi (1-jadval).
Uchlangan shaklda mehnat tashkil etilganda haydovchilarning ish grafigi
1-jadval

Eslatma:I va II — smenalar; D — dam olish.
Jadvaldan ko‘rib turganingizdek, mehnatni bunday tashkil etish usulida har bir haydovchi bir oyda 20 kun ishlaydi va 10 kun dam oladi.
Agar bir kunlik ish vaqti 7,0 soat deb qabul qilinsa, bitta haydovchining bir oylik ish vaqti 160—185 soatni tashkil etishi mumkin. Avtobusni ishga chiqishga tayyorlash va ishdan keying tugallash vaqtlarining 0,38 s.ni hisobga olinsa, avtobusning kunlik ishdagi vaqti quyidagicha aniqlanadi (Boy= 170 soat deb qabul qilinganda):

Agar haydovchilarga tushlik qilish uchun ajratilgan vaqt 0,5 soat bo‘lsa, avtobus ishda 17,1 soat, agar 1,0 soat ajratilsa, 17,6 soatga teng bo‘ladi. Sutka 24 soatdan iborat ekanligi hisobga olinsa, avtobuslar ishga juda erta chiqib, ishdan juda kech qaytar ekan. Bunday hollarda haydovchilar mehnatining uchlangan usulini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar ekan.
Ikkitalangan usulda haydovchilarva chiptachilar mehnatini tashkil etish.
Bu usulda ikkita avtobusga 5 ta haydovchi va konduktor biriktiriladi. Ikkita haydovchi har kuni bitta avtobusda, yana ikkita haydovchi ikkinchi avtobusda ishlaydi. Beshinchi haydovchi va chiðtachi har ikkala avtobusda ishlab ularni almashtirib boradi. Har to‘rt ish kunidan keyin haydovchilarga bir kun dam beriladi. Haydovchilarning ish grafigi pastdagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 5-haydovchi ikki kun bir avtobusda, keyingi ikki kun ikkinchi avtobusda ishlar ekan.
Haydovchilarning oylik ish balansi Boy= 170 soat deb qabul qilinganda avtobusning kunlik ish vaqti:

Agar haydovchilarga tushlik qilish uchun 0,5 soat vaqt ajratilsa, avtobus ishda 14,3 soat, 1,0 soat ajratilganda esa, 14,8 soat bo‘lar ekan.
Haydovchilar mehnatini bu usulda tashkil etilganda ularning ish vaqti yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari bo‘yicha taqsimlanishiga qarab quyidagicha tashkil etish mumkin:

  1. Har bir haydovchining ish vaqti bir xil, ya’ni 6,9 + 0,38=7,28 soat.

  2. Bitta haydovchining ish vaqti qisqartirilgan (o‘rtacha 5 s), ikkinchisiniki esa uzaytirilgan (o‘rtacha 9 s). Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, ikkinchi usulni qo‘llaganda ish vaqtida avtobuslarni «tindirish» (otstoy) vaqti ham ko‘zda tutilishi mumkin.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rininb turibdiki, jamoat transportlarida xususan, avtobuslarda aholiga hizmat ko’rsatishni tashkil etishda zamonaviy texnologiya vositalarini joriy etish zarurati vujudga kelmoqda. Shularni hisobga olgan holatda men diplom loyiha mavzuimni Andijon viloyati Marxamat tumanidagi avtobuslarda yo’lovchilarni intellektual tashishni tashkil etish bo’yicha tanladim.
Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak yo’lovchilarni tashish tizimini yo’lga qo’yish hamda uni tashkiliy tomonlama qo’llab quvvatlash juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bizning Marhamat tumanida ham avtobus qatnov tarmog’ini yanada takomillashtirish juda muhim hisoblanadi. Bu borada ishlarni amalga oshirish uchun O’zbekiston bo’yicha yaqin yillar davomida yo’lovchilarni tashish bo’yicha qilinishi rejalashtirilgan islohotlar hamda amalda mamlakatimizning yetakchi shaharlari hamda tumanlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib chiqishimiz lozim.
Kelgusi 5 yilda O‘zbekistonda jamoat transporti qanday isloh qilinadi?
2022−2026 yillarda respublika bo‘yicha yagona transport tizimini rivojlantirish, Toshkent va yirik shaharlarga uzog‘i bilan 6−7 soatda borib-kelish imkoniyatini yaratish taklif etilayapti. Buning uchun 2022 yilda poytaxt jamoat transporti uchun 673 ta elektrobus va 14 ta metro poyezdini xarid qilish maqsad qilingan. 60 ta shaharlararo avtobus yo‘nalishini tashkil etish, mahalliy aviaqatnovlar soni esa haftasiga 48 tadan 80 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Kelgusi 5 yilda barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, Toshkent va yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 6−7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan.
Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiloyihasidaqayd etilgan.
Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish reja qilingan.
Shundan kelib chiqib, 2022 yilga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasida poytaxt jamoat transporti, shaharlararo yo‘lovchi transporti va havo yo‘llari qatnovlarini rivojlantirish, konsepsiyalar ishlab chiqish taklif etilayapti.
Toshkent shahri jamoat transporti
Bunda quyidagilar reja qilingan:

  • 673 dona elektrobus xarid qilish;

  • shahar yo‘lovchi tashish transportining barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda 11 ta magistral, 14 ta halqa, 92 ta bog‘lovchi va 42 ta yetkazib beruvchi yangi muntazam avtobus yo‘nalishlari tarmog‘ini yaratish;

  • namunaviy dizayn asosida yo‘lovchilar, jumladan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan 1160 ta oraliq bekatlarini qaytadan qurish.

Toshkent shahri jamoat transportining kamida 5 ta yo‘nalishida xorijiy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan «bosilgan yo‘l», «yo‘lovchi oqimi» va «sifat» mezonlari asosida bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda tashuvchilarni moliyalashtirishning yangi tizimini (Pool system) joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish maqsad qilingan.
Aholini sog‘lom turmush tarzini yaratish maqsadida har yili 50 kmdan, 5 yil davomida jami 250 km velosiped va piyodalar yo‘laklarini qurish rejalashtirilgan.
2022 yil iyulgacha Vazirlar Mahkamasining tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarda yo‘l o‘tkazgichlar qurish konsepsiyasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, Hukumat qarori loyihasi bilan yer usti yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten bilan integratsiyalash va infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda (5 yilda) 84 ta, shu jumladan 2022 yilda 14 ta yangi harakat tarkibini (metro poyezdlarini) xarid qilish taklif etilayapti.
Shaharlararo yo‘lovchi transporti
2022 yilning may oyiga kelib, Vazirlar Mahkamasining yo‘lovchi tashish transporti tizimini tubdan takomillashtirish Dasturi loyihasini ishlab chiqish kutilayapti.
Bunda quyidagilarni amalga oshirish maqsad qilingan:

  • aholi punktlarning jamoat transport bilan qamrovini 95 foizga yetkazish;

  • o‘rta va yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish ulushini 22 foizdan 35 foizga oshirish;

  • viloyat markazlarida «Damas» rusumli yengil avtomobillar faoliyat ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarni bosqichma-bosqich avtobus va mikroavtobuslar bilan almashtirish;

  • 52 ta avtostansiya qurish hamda 29 tasini rekonstruksiya qilish;

  • 278 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochish;

  • 60 ta yangi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish;

  • avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling