Transport va logistika


-rasm. Yo‘nalishda yo‘lovchilar aloqasining umumiy ko‘rinishlari (eng ko‘p yo‘lovchilar aloqasi katak shtrixlar bilan tasvirlangan)


Download 1.99 Mb.
bet13/23
Sana27.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1727952
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....

3-rasm. Yo‘nalishda yo‘lovchilar aloqasining umumiy ko‘rinishlari (eng ko‘p yo‘lovchilar aloqasi katak shtrixlar bilan tasvirlangan).

  1. 3-rasm, 4 dagi holat. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, c uchastkada eng ko‘p yo‘lovchilar almashar ekan yoki boshqacha qilib ta’riflansa, eng ko‘p yo‘lovchi bir transportdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Demak, bunday holatlarda avtobus bekatlarini to‘g‘ri joylashtirishni (yo‘lovchilarni bekatdan bekatgacha piyoda yurib borish masofasini) kamaytirishga alohida e’tibor berish kerak.

  2. 3-rasm, 5. Bunday holatlarda avtobus yo‘nalishini ikkiga bo‘lib ikkita yo‘nalish ochish yaxshi natijalar berishi mumkin.

  3. 3-rasm, 6. Rasmdan ko‘rinib turganidek, bu yo‘nalish yig‘uvchi yo‘nalish ekan, ya’ni A-c uchastkalardagi yo‘lovchilar, asosan, uzoqroq masofaga qatnaydilar. Bunday holat shahardan chetroqda joylashgan massivlardan yo‘lovchilarni tashishda kuzatiladi. Masalan, Sirg‘ali tumanini shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlar.

  4. 3-rasm, 7. Bunday holatlarda ba’zi avtobuslar oddiy yo‘nalishda, ba’zilari esa tezkor yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha soda va shu bilan birga taxminiy bo‘lib, yo‘lovchilar oqimini yo‘nalishning eng ko‘p yuklangan bekatlarida o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo‘lovchi borligini olti balli tizim orqali baholaydilar (6rasm):

  • 1 ball — o‘rindiqlarning yarmidan ko‘p qismi bo‘sh;

  • 2 ball — o‘rindiqlarning hammasi band;

  • 3 ball — o‘rindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun

  • mo‘ljallangan joylarning yarmi band;

  • 4 ball — avtobusning sig‘imidan deyarli to‘liq foydalanilyapti (1 m2 bo‘sh maydonga 2 yo‘lovchi to‘g‘ri kelmoqda);

  • 5 ball — avtobusning sig‘imidan to‘liq foydalanilyapti(1 m2 bo‘sh maydonga 4 yo‘lovchi to‘g‘ri kelyapti);

  • 6 ball — avtobus to‘lib ketgan va yo‘lovchilar unga chiqa olmaydi (1 m2 bo‘sh maydonga 8 yo‘lovchi to‘g‘ri kelyapti).

Bu usuldan foydalanilganda qancha yo‘lovchi transport vositasida ketayotganini to‘g‘ri aniqlash uchun avtobusning rusumiga, o‘rindiqlarning avtobusni ishlab chiqargan zavoddagiga nisbatan o‘zgarmaganligiga alohida ahamiyat berish kerak.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling