Transport vosit
Download 0.99 Mb.
|
MAXSUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. IShNING MAZMUNI
- 3. K-3M AVTOTESTERINING VAZIFASI, TUZILIShI VA ULASh TARTIBI
10A - AMALIY IShI
UNIVERSAL VOSITALAR BILAN DIAGNOSTIKALASh AVTOTESTERLAR (K-ZM avtotesteri yordamida) 1. IShDAN MAQSAD: K-ZM avtomobil testeri yordamida karbyuratorli dvigatelining uzel va elektr tizimlarini diagnostikalashning nazariy asoslari bilimini amaliyotda mustahkamlash. 2. IShNING MAZMUNI: 2.1 Avtotesternnng tuzilishi, ishlash prinsipi va ekspluatatsiya qilish qoidalarini o‘rganish. 2.2 K-ZM avtotesterini ulash tartibi va diagnostikalash usulini o‘rganish. 2.3. Dvigatelga ayrim tizim va uzellarini diagnostikalash; 2.4. O‘lchangan diagnostik parametrlarni yozib olish; 2.5. Diagnostikalangan dvigatel, uzel yoki tizimning texnik holatp to‘g‘risida xulosa chiqarish. 3. K-3M AVTOTESTERINING VAZIFASI, TUZILIShI VA ULASh TARTIBI 3.1 .Avtotesterning vazifasi. Karbyuratorli dvigatelning texnik holatini tekshirish uchun kerak. 3.2.Avtotesterning tuzilishi. Avtotester tuzimasi (konstruksiyasi) korpus 15,ulash shnuri 1, Sh2 ulagichli shnur 2,ShZ ulagichli shnur 4.Generator musbati "+" ulash uchun qisqich 11 ,uzgich-taqsimlagichning past kuchlanishli simiga ulash qisqichi 13. 3.3.Avtotesterning ishlash prinsipi. Avtotester avtomatlashtirilgan ravishda avtomobil elektr jixozlarini nazorat nuktalaridan ma’lumotni olish, uni qayta ishlash va natijani o‘lchov asbobiga uzatadi. Avtotester avtomobil dvigateliga datchik va qisqichlar yordamida ulanadi. Datchiklardang avtotesterga kuyidagi signallar keladn: - o‘t oldirish tizimining uzgich-taqsimlagichdagi uzgichdan kuchlanish impulslari; - genratordan o‘zgarmas kuchlanish; - tekshirilayotgan shamdan impulsli kuchlanish; Birinchi silindidagi porshenning yuqori holatda turishini aniqlash uchun stroboskol datchik va yuqori kuchlanishli datchik ishlatiladi. Avtotester avtomobil akkumulator batareyasndan kuchlapnsh oladi. Akkumulatorga vintli qisqichga ega shnur ulanadi. 3.4. Avtomobilning diagnostikalanadigan parametrlari. Avtotester yordamida boshkaruv organlarini kerakli holatga o‘rnatib, quyidagi tartibotda ishlash mumkin: P -ay/min -tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniklash; Uakk volt – akkumulatorning kuchlanishini o‘lchash; Ug volt – generatorning yoki avtomobil bortidagi xoxlagan nuqtadagi kuchlanishni o‘lchash; θop grad - o‘t oldirish ilgarilashini o‘lchash; θraz grad -taqsimlagich uzgichining kontaktidagi ochik xolat burchagini o‘lchash; Ks-dvigatel silindrlarining nisbiy ishlash koeffitsentini o‘lchash; Stop - dvigatelni avariya holatda to‘xtatish tartiboti; K - avtotesterning ishlash qobiliyatini tekshirish. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling