Transport vosit


Download 0.99 Mb.
bet20/36
Sana18.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1027296
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
MAXSUS

8- TAJRIBA IShI


TRANSPORT VOSITALARINING TORMOZLANISh XUSUSIYaTLARINI
DIAGNOSTIKALASh

  1. IShDAN MAQSAD: Avtomobil harakat xavfsizligini ta’minlovchi uzel va tizimlarni diagnostikalash usul va vositalari nazariyasini o‘pganish va amaliyotda o‘zlashtirish.

  2. XAVFSIZLIK TALABLARI

2.1 Diagnostikalash postida joylashtirilgan avtomobilda qo‘l tormozi
o‘rnatilishi, uzatmalar qutisi richagi neytral holatda bo‘lishi va yuritish kaliti yuritish qulfida bo‘lishi shart.
2.2 Tajriba xodimi ruhsatisiz avtomobil dvigatelini yurgizish man
etiladi.

  1. Avtomobil dvigateli yurgizilib, g‘ildiraklar aylantirilganda, ay-lanuvchi g‘ildiraklarni yaqinlashish, old tarafida turish taqiqlanadi.

  2. Boshqarish pulti tugma va o‘chirgichlarini ruhsatsiz tegish man etila­di. 220 V kuchlanishli manba bilan ishlashda ehtiyot choralarini ko‘rish shart.

Z. UMUMIY MA’LUMOTLAR
Tormoz samaradorligini dianostikalash ikki usulda amalga oshiriladi: yurgizib sinash va turg‘un holda maxsus jihoz yordamida.
Yurgizib sinash vaqtida avtomobilning tormoz samaradorligi tormozlanish yo‘li uzunligi va maksimal sekinlashish orqali aniqlanadi. Birinchi usulda avtomobilni gorizoital, tekis va quruq yo‘lda (shinalardagi bosim me’yorida bo‘lganda) 40 km/soat tezlikkacha yurgizib, ilashish muftasini uzib qo‘yilgan holda tormozlash amala oshiriladi. Tormozlanish yo‘li texnik shartlarda ko‘rsatilgan chegaralarda bo‘lishi shart.
Tormozlanish yo‘li quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: Va-avtomobilning tormozlanish boshidan harakat tezligi, km/soat;


Ke-ekspluatatsiya sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient;
g - erkin tushish tezlanishi, m/sek2;
φ – shinaning yo‘l bilan ilashish koeffitsient.
Bir vaqtning o‘zida g‘ildiraklarning sinxron ishlashi va avtomobilning yonga olib ketishi tekshiriladi.
Ikkinchi usulda tormoz samaradorligi maksimal sekinlashish orqali baholanadi. U ham gorizontal yo‘lda mayatnikli deselerometr yordamida aniqla nadi. Avtomobil yuqorida ko‘rsatilgan tezlikkacha harakatlantirilib, ilashish muftasi o‘zilgan holda, keskiy, bir marta oyok, tormozi bilan tormozlanadi. Bunda maksimal yoki o‘rtacha sekinlashish o‘lchanadi.
Avtomobilning maksimal sekinlashishi:

(2)


yoki (1) tenglamadan ST - qiymatini (2) tenglamaga qo‘yib quyidagini olamiz;

(3)



Ko‘rinib turibdiki, avtomobilning maksimal sekinlashishi (m/sek2) tez-likka bog‘liq emas, shu sababli tezlikni bir hilda ushlash talab etilmaydi. U asosan tormoz pedalini bosish kuchiga bog‘liq.
Jihozda (turg‘un holatda) diagnostikalash. Avtomobilni jihozda diag-nostikalashda (1-rasm) old va orqa g‘ildiraklar alohida-alohida stendga o‘rna-tilib, jihoz barabanlari elektrodvigatel yordamida aylantiriladi. Ular o‘z navbatida avtomobil g‘ildiraklarini chiziqli 40 km/soat tezlikdagi aylanish-lar sonigacha aylantiradi va shu holda tormoz pedali bosilib, g‘ildiraklarning tormozlanishdagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Avtomobil harakat xavfsizligini ta’minlovchi uzel na tizimlarni diag-nostikalash va sozlash ishlari D-l ustaxonasida olib boriladi. D-1 diagnos-tikalash ishlari avtomobil texnik xizmatga qo‘yiladi har kun 1-TXK dan oldin yoki 1-TXK vaqtida olib boriladi. Alohida hollarda D-l jarayonida soz­lash ishlari (mexanizm va uzellarni ajratmasdan) diagnostikalash texnolologiyasida ko‘rsatilgan hajmda bajarilishiga ruhsat beriladi.
Diagnostikalash ishlarini tashkil etish va texnologiyasi bo‘yicha asosiy qo‘llanma va me’yoriy xujjat bo‘lib, "Avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibi texnik holatini diagnostikalash bo‘yicha qo‘llanma" xizmat qiladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling