Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
3-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar.
Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Termoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. Reaktoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. Termoplastlardan buym olish texnologiyasi. Reaktoplastlardan buym olish texnologiyasi. Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda transport vositalari va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash, massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng ko’llanishiga ularni qimmatbaho metall va yog’och materiallarining o’rnini bevosita almashtira olishi, ko’p hollarda o’zini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab bo’lmoqda. Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha yengillashadi, kapital mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan ikki-uch marta arzon bo’ladi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 4-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalar Rezinalar haqida umumiy ma`lumotlar. Kauchuk ishlab chiqarish. Rezina materiallar olish. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. Rezina materiallar xususiyatlarini harorat ta`sirida o’zgarishi. Eskirish jarayonida rezinaning xususiyatlarini o’zgarishi. Rezinalarning xususiyatlarini Suyuqliklar ta`sirida o’zgarishi. Avtomobil shinalarini ta`mirlash uchun materiallar. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Rezina buyumlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo’llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo’ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolyatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling