Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
-mavzu. Lok-bo’yoq materiallari va ularni sifatini aniqlash, xossalarini o’rganish
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu.
5-mavzu. Lok-bo’yoq materiallari va ularni sifatini aniqlash, xossalarini
o’rganish. Lok - bo’yoq materiallarning qovushoqligini aniqlash. Lok-bo’yoq materiallarning qurish vaqti va qotish darajasini aniqlash. Lok – bo’yoq pardaning qalinligini mikrometr yordamida o’lchash. Bo’yoq va emallarning berkituvchanligini aniqlash. Lok-bo’yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar. Lok-bo’yoq qoplamalar matallarni korroziyalanishdan saqlabgina qolmasdan yog’ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtiradi. Avtomobillarni, qishlok xo’jalik mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bundan tashqari, bo’yalgan buyumlar elektr izolyatsiyalash va issiqdan saqlash xossalarga ega bo’ladi. Lok-bo’yoq materiallari detallarni yuzalarini yupqa plyonka qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlamga zarur ishlov berilganda lok-bo’yoq qatlami deb Yuritiladi. Lok-bo’yoq qatlami ham boshqa turdagi nometall va metall qoplamalar kabi buyum va konstruktsiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga tashqi ko’rinish berish uchun xizmat qiladi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 6-mavzu. Transport vositalarida ishlatiladigan sintetik yelimlar va jihozlash materiallari. Elimlar, ularning turlari, xususiyatlari va ishlatilishi. Smolalar asosidagi yelimlar. Termoreaktiv polimerlar asosidagi yelimlar. Termoplastik polimerlar asosidagi yelimlar. Polivenilxloridlar asosidagi yelimlar. Akril kislotasi shosilalari asosidagi yelim va germetiklar. Kauchuklar asosida olinadigan yelim va germetiklar. Elim va germetiklarni avtomobillarni ishlab chiqarishda va ta'mirlashda qo’llanilishi. Elim va germetiklar bilan ishlashda xavfso`zlik texnikasi. Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolyatsiyalovchi va salonni bezash materiallarini yopishtirishdagina foydalanilgan. Bunda asosan tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60-yillarida esa tormoz kalodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila boshlandi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi. Avotomobil sanoati uchun maxsus 15 nomlanishdagi yelimlar va 10 nomlanishdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunga kelib yelim va germetiklarning assortimenti yanada kengaydi. So’nggi yangiliklardan biri avtomobillarni saloniga o’rnatiladigan orqani ko’rish ko’zgusini avtomobilning old oynasiga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir. Qoplama materiallar, ularning turlari, xususiyatlari va ishlatilishi. Qatlamli va parda kirinishidagi materiallar. To’qima qoplama materiallar. Qistirma va zichlovchi materiallar, ularning turlari, xususiyatlari va ishlatilishi. Avtomobil saloni polini qoplash uchun materiallar. Avtomobil soyabonlari uchun materiallar. Tozalash vositalari. Avtomobil kuzovini jilolashda ishlatiladigan vositalar. Zichlovchi vositalar. Elektroizolyasion materiallar, ularning turlari, xususiyatlari va ishlatilishi. Qistirma va zichlovchi materiallar. Avtomobillar uzellarini yig’ishda detallar o’zaro tegib ishlaydigan joylarni germetiklash zarurati paydo bo’ladi. Bu zaruratni qondirishda qistirma va zichlovchi materiallardan foydalaniladi. Ular detallar birikkan joylardan Suyuqlik oqishi va sizishining, flanetslardan gazlar chiqishini oldini olish, ishqalanish uzellarini chang va namdan saqlash birikmalarni germetiklash uchun ishlatiladi. Elektroizolyatsion material deganda, elektr tokini amalda o’tkazmaydigan material tushuniladi. Avtomobillarning elektr jihozlarini ta’mirlash uchun elektr izolyatsiyalash materiallari ishlatiladi. Ular yuqori kuchlanishga chidash berishi, yetarli darajada mustahkam bo’lishi, shuningdek issiqlik ta`siriga chidamli bo’lishi (ba`zi bir issiq sharoitda ishlaydigan materiallar uchun) lozim. Yog’och materiallardan xalq xo’jaligida, jumladan avtomobilsozlikda keng foydalaniladi. Chunki yog’ochning mexanik mustahkamligi yaxshi, zichligi katta emas (suvga nisbatan 1,5-2 marta yengil), vibratsion yuklanishlarga yaxshi chidash beradi, issiqlikni sekin (po’latga nisbatan uch marta sekin) o’tkazadi, qizdirilganda kengayadi. Bundan tashqari yog’ochga oson ishlov berish va uni yelimlab yopishtirish mumkin. Shuning bilan birga yog’och materiallar bir qator kamchiliklarga ham ega: chiriydi, oson yonadi, ko’ndalang kesimi bo’yicha mexanik xossalari bir xil emas, namni osongina shimib oladi va o’lchamlari va shaklini o’zgartiradi. Bu kamchiliklari tufayli yog’och materiallar zamonaviy avtomobillarda kam ishlatiladi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling