Ishni bajarish tartibi: Tekshirish ishlarini boshlashdan avval namunalar
harorati 50+2
0
S bo’lgan quritish shkafida 24 soat quritiladi. Issiqlikka chidamliligi
110
0
S bo’lgan plastmassa namunalari bir soat davomida 105+3
0
C da quritsa ham
bo’ladi. So’ngra namunalar pastki qismga kaltsiy xlorid solingan eksikatorda
sovutiladi va xar bir namuna 0,0001 g aniqlikgacha tortiladi. Keyin namunali idish
(kimyoviy stakan) ichiga solib ustidan distillangan suv quyiladi. Bunda stakan ichida
solingan namunalar suvda cho’kib turishiga bir-biriga hamda idish devoriga
tegmasligiga axamiyat berish kerak.
Namunalar harorati 23+0,5
0
C bo’lgan suvda 24 soat davomida qoldiriladi.
So’ngra suvdan chiqarib olib sirti filtr qog’oz bilan artiladi va shu zahoti yuqorida
keltirilgan aniqlik bilan tortiladi. Tortish uchun ketadigan vakt 3 minutdan ko’p
bulmasligi kerak.
Odatda 3 ta namuna tekshirilib, sinash natijalari sifatida ularning o’rtacha
arifmetik qiymati olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |