Transport vositalarida ishlatiladigan
Plastmassa materialni siqilishga sinash
Download 364.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1-LABORATORIYA mashG.pdf nometall
Plastmassa materialni siqilishga sinash
Namunalarning sinib tushganga qadar siquvchi kuchlar tasiriga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati plastmassalarning siqilishga bo’lgan mustahkamlik chegarasi deb ataladi. Sinash paytida quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: a) siqilishdagi buzuvchi kuchlanish, MPa – namunani buzadigan yoki uni darz ketkazadigan kuchlanish namunaning dastlabki ko’ndalang kesim yuziga nisbati; b) siqilishdagi oqish chegarasi, MPa – tahsir etuvchi kuch miqdori oshmasa deformatsiyaning ortishiga ro’y beradigan kuchlanish miqdorini namunaning dastlabki ko’ndalang kesimi Yuziga nisbati. Siqilishga sinash ham cho’zilish sinaladigan mashinalarda olib boriladi. Bunda sinash mashinasi ikkita yassi parallel plitalar bilan taminlangan bo’lib, ular bir-biriga qarab o’zgarmas tezlikda yaqinlashishi kerak (2±1 mm/min). Namuna tasir etadigan kuchga nisbatan bir o’q ostida yotadigan va tasir etuvchi kuch uning ko’ndalang kesim yuzi bo’ylab bir tekis tarqaladigan bo’lishi kerak. Shuning uchun plitkalardan biri o’zi joylashtiriladigan bo’ladi. Sinash uchun namunalar presslash, bosim ostida quyish, plita, list, sterjeng’ ko’rinishidagi tayyor materiallardan mexanik usullar yordamida olinadi. Sinaladigan namunalarning shakli va o’lchamlari 2-jadvalda keltirilgan. Agar materialni siqilishga sinashda uning o’lchamlarini jadvalda keltirilganidek olib bo’lmasa, u holda namuna balandligini 10...40 mm olib, asosini esa balandlikning asosiga nisbatini 1,5 ga teng qilib tayyorlash mumkin. Tayyorlangan namunalarda tayanch tekislig parallel va namuna o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak. Namunalar silliq va tekis hamda nuqsonsiz bo’lishi kerak. Har bir materialdan olingan sinalayotgan namunalar soni beshtadan kam bo’lmasligi lozim. Download 364.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling