Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
II.5. Avtomobilning texnik darajasini baholash
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
II.5. Avtomobilning texnik darajasini baholash
Mahsulotning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun GOST 2.116-84 ga asosan texnik daraja va sifat kartasi yaratiladi. Bu karta mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarish, uni modernizatsiya qilish yoki ishlab chiqarishni to‘xtatish maqsadga muvofiqligini aniqlashda va baholashda ishlatiladi. Avtomobilsozlikda GOST 2.116- 84 va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan avtomobillarning texnik darajasi va sifatini aniqlovchi RD 37.001.027-90 ishlab chiqilgan. Avtomobillarning texnik darajasi va sifatini baholash texnik topshiriqni ishlab chiqishda, avtomobillarning tajriba nusxasini sinovdan o‘tkazishda va ishlab chiqarilayotgan avtomobillami attestatsiya qilishda o‘tkaziladi. Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlari standartlar bilan tasdiqlanadi: - yengil avtomobillar uchun GOST 4.396-88; - avtobuslar uchun GOST 4.399-85; - yuk avtomobillari uchun GOST 4.401-88. Bu standartlarda quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi: vazifasi; ishonchliligi; material va yoqilg‘ini tejab ishlatishi; ergonomik, estetik va ekologik xususiyatlari; xavfsizligi; standartlash va unifikatsiyalash darajasi; patent - huquqiy ko‘rsatkichlari va h.k. Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namunaviy avtomobilga solishtiriladi. Texnik topshiriqni ishlab chiqishda namu naviy bo‘lib istiqboldagi avtomobil qabul qilinadi. Bu avtomobil ma’lum kelajakdagi davming istiqbol talablariga javob berishi kerak. Istiqboldagi avtomobil real yoki real emas bo‘lishi mumkin. Real emas avtomobil deb avtomobilsozlikning rivojlanishini ilmiy bashorat qilish, istiqboldagi tipaj va iste’molchilarning talablari majmuasi tushuniladi. Avtomobilni ishlab chiqarishga tadbiq qilishda va uni attestatsiya qilishda namunaviy avtomobil bo‘lib, eng yaxshi avtomobil andozalari xizmat qiladi. Bu avtomobillar iste’molchilar talablariga javob beradigan va xaridorgir bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarishdan olib tashlanayotgan avtomobillar namunaviy bo‘la olmaydi. Shuningdek, bir neclHa turdagi 18 avtomobillaming ko‘rpatkichlari summasini ham solishtirish mumkin emas. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling