Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
Konstruksiyaning havfsizligi
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. 8 Avtomobilning tarkibiy qismlari va ekspluatatsion mate- riallar.
- Maxsus talablar.
11.5
Konstruksiyaning havfsizligi. Bu yerda quyidagilar ko‘rsa- tiladi: - faol va faol emas xavfsizlikni ta’mirtlash bo‘yicha talablar; - ekspluatatsiya va avtomobillarga TXKdagi xavfsizlik; - sanitariya talablari; - ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablar. 11.6 Estetik va ergonomik ko'rsatkichlar. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: - avtomobilning ichki va tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar; - avtomobil komfortabelligi; - salondagi asbob-uskunalar; - boshqarish organlaridagi kuchlar; - avtomobildan ko‘rinuvchanlik; - asbob-uskunalaming ko‘rinuvchanligi; - kabinadagi mikroiqlim, chang va zararli gazlar miqdori. 11.7 Patent tarafdan tozaligi va raqobatbardoshligi. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: - avtomobilning patent tozaligi tekshirilishi kerak boMgan mam- lakatlar ro‘yxati; - tashqi bozordagi raqobatbardoshlilik tahlili va bahosi; - standartlar va xalqaro tashkilotlarning qoidalari va ko‘rsat- malarini bajarilishi; - konstruksiya, material va texnologiyalar bo‘yicha patent- litsenziya shartnomalarini tuzish imkoniyatlari. II. 8 Avtomobilning tarkibiy qismlari va ekspluatatsion mate- riallar. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: - avtomobil tarkibiy qismlariga (elektr jihozlari, rezina va boshqa nometall mahsulotlar) qo‘yiladigan talablar; - yonilgM, moy, bo‘yoq, suyuqlik va boshqa materiallarga qo‘yiladigan talablar; - avtomobilning tarkibiy qismlari va materiallar sonini cheklash- ga talablar. II. 9 Tashish, saqlash va konservatsiyalash. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: 13 - avtomobilni tashiydigan transport vositalarining turlari, tashish sharoiti, tashishda harakat tezligi; - saqlash joy lari (ochiq maydon, naves, isitiladigan joy); - saqlash sharoiti; - saqlanayotgan avtomobilga TXK muddatlari va imkoniyatlari; - saqlash muddatlari; - avtomobilni tashishda va saqlashda konservatsiyalash talablari; - avtomobilni uzoq saqlashga tayyorlash ishlarining hajmi. 11.10 Maxsus talablar. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: - «V» va «VD» literli standartlarga avtomobilning m osligi; - avtomobilni buksirga olish talablari va boshqalar; HI-boMim. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Bu yerda loyihalanayotgan avtomobilning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, bir yillik ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi, bir yillik iqtisodiy samara, texnik- iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, avtomobil narxi va boshqalar ko‘rsatiladi. IV-bo‘lim. Avtomobil ishlab chiqishning bosaichlari va etaplari. Bu yerda kerakli bosqich va etaplar keltiriladi. Asosan bu etaplar avtomobil iste’molchilari bilan birga ko‘rib chiqiladi va yuqori tashkilotlarda tasdiqlanadi. Bu etaplarga texnik topshiriq, texnik loyiha, zavoddagi tajribalar kiradi. Shuningdek, alohida bosqichlaming tugash m uddatlari, namuna nusxalarining soni va avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod nomlari keltiriladi. V-bo‘lim. Texnik topshiriqqa ilova. Bu yerda avtomobilning umumiy chizmasi va izohnoma keltiriladi. Izohnomada qabul qilingan texnik qarorlaming va talablaming asoslanishi, loyihalanayotgan avtomobil texnik darajasining umumiy bahosi, texnik topshiriqni ishlab chiqishda bajarilgan tadqiqot va tajriba ishlarining ro‘yxati keltiriladi. Texnik topshiriq GOST 2.105-79 talablari bo‘yicha rasmiylash- tiriladi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling