Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.l. Texnik topshiriq
Nazorat savollari
1. Loyihalashning tayanch asoslari. 2. Ekspluatatsiya sharoitining avtomobil konstruksiyasiga ta’siri 3. Transport sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq? 4. Yo‘l sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq? 5. Ob-havo sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq? 6. Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar. 10 II. AVTOMOBILNI LOYIHALASH BOSQICHLARI Yangi avtomobilni yoki uning modellarini ishlab chiqish va uni ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar GOST 15.001-88 da belgilab qo'yilgan. Shunga asosan avtomobillami loyihalash jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratilgan: - loyihalashga texnik topshiriq tuzish; - eskiz (xomaki) loyihalash; - texnik loyihalash. Loyihalashga texnik topshiriq tuzish bosqichi bir etapdan iborat. Eskiz loyihalash bosqichi quyidagi etaplardan tuzilgan: • eskiz kompanovka ishlab chiqish; • avtomobilning tashqi va ichki maketini yaratish. Texnik topshiriq tuzish va eskiz loyihalash taxminan bir vaqtda bajariladi, chunki avtomobilning umumiy chizmasi texnik topshiriqning bir bo‘lagi hisoblanadi, shuning uchun texnik topshiriq tasdiqlanayotgan vaqtda avtomobilning kompanovka sxemasi, tashqi va ichki maketlari ancha tayyor bo‘lishi kerak . Texnik loyihalash bosqichi quyidagi etaplardan tuzilgan: • avtomobilning umumiy kompanovkasini aniqlashtirish va tugallash; • shassini maketlash; • agregatlar konstmksiyalarini ishlab chiqish. II.l. Texnik topshiriq Texnik topshiriq eskiz va texnik loyihalash bosqichlarida aniqlash- tiriladi. Texnik topshiriq avtomobilni ishlab chiqaruvchi va unga ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi tashkilotlami qurish va rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish texnologyalarini takomillashtirish, tadqiqotlar olib borish bo‘yicha umumiy yo‘nalishni belgilab beradi. Texnik topshiriqning mazmunini va uni bajarilishini GOST 15.001-88ga asosan buyurtmachi va ishlab chiqamvchi nazorat qiladi.Texnik topshiriq quyidagi bo‘limlardan tuzilgan : I-bo‘lim. Avtomobilni ishlab chiqarishdan maqsad va uni ishlatish sohasi. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi: - avtomobilning nomi va turi; - vazifasi; - ekspluatatsiya sharoiti; 11 - eksportga chiqarish imkoniyati; - modifikatsiyalar nomi; - loyihalanayotgan avtomobil sababli almashtirilayotgan avtomobilning nomi va belgisi; - avtomobil ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati. II-bo‘lim. Texnik talablar. Bu yerda amalda bo‘lgan standart va boshqa me’yoriy hujjatlami hisobga olib avtomobilning sifatini ekspluatatsion xususiyatlarini aniqlaydigan talablar ko‘rsatiladi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling