Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
.7-vasm. «Gazel» rusumli yuk avtomobil! (a) va avtobusl (b)
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
3 .7-vasm. «Gazel» rusumli yuk avtomobil! (a) va avtobusl (b)
2H 3.8-rasm. Avtobus salonining kompanovkasi: a - shahar avtobuslari; b - shaharlararo qatnaydigan avtobus; v - turistik avtobus. 29 T шН - - l - A - . i 3.9-rasm. Avtobuslarda shassi agregatlarining joylashuvi sxemalari: 1 - dvigatel; 2 - ilashish muftasi; 3 - uzatmalar qutisi; 4 - kardanli uzatma; 5 - asosiy uzatma; 6 - burchak reduktori. Umumiy kompanovkalash jarayonida gabarit o‘lchamlar (uzunlik, kengligi, balandligi), baza, koleya, old va orqa sveslar, pol sathining balandligi aniqlanadi. Og‘irlik parametrlariga shaylangan holatdagi avtobusning massasi, to‘la massasi, massaning o‘qlarga taqsimlanishi, o ‘qlarga tushadigan ruxsat etilgan yuklamalar kiradi. 30 Dvigatel oldinda joylashgan kompanovka sxemaning afzalliklari: dvigatel, ilashish muftasi va uzatmalar qutisini boshqarish qulay; dvigatel sovutish tizimi radiatorini o‘rnatish qulay; yukxonani bortlarga va orqaga joylashtirish imkoni bor. Ushbu kompanovka sxemasining kamchiliklari quyidagilar: massaning o‘qlarga nomunosib taqsimlanishi tufayli sirpanchiq yo‘llarda o‘tag‘onlik yomonlashadi; salonni dvigateldan izolyatsiya samaradorligi yomon; zirillash manbai bo‘lgan uzun ko‘p zvenoli transmissiya qo‘llash zarur; salondan dviga- telga yetishni ta’minlash zarurligi tufayli avtobusning qulayligi yomonlashadi. Massaning o‘qlarga eng maqbul taqsimlanishini ta’min lash uchun dvigatel oldinga suriladi, bu o‘z navbatida old sves burchagining kamayishiga va orqa sves burchagini oshishiga olib keladi. Dvigateli o‘qlar orasida kuzov poli ostida joylashgan avtobuslar quyidagi ijobiy sifatlarga ega: dvigatel passajir saloniga o‘rindiqlar joylashtirishga halaqit bermaydi, va uni salondan izolyatsiya qilishga erishiladi. Ayni vaqtda bunday kompanovka sxemasi qator kamchiliklarga ham ega: o‘qlardan yo‘lga tiishadigan yuklamaning taqsimlanishi e’tiborga olinmas darajada yaxshilanadi; dvigatel va uzatmalar qutisiga yetishni ta’minlash uchun polda lyukning mavjud-ligi va dvigateldan salon poliga zirillashning uzatlishi avtobus qulayligini yomonlashtiradi; dvigatelni sovutish imkoniyati yomonlashadi; dvigatel quyidan yo‘ldan ifloslanadi; polning balandligini kamaytirish qiyin, bu narsa esa shahar avtobuslari uchun muhim. Dvigatel orqa o‘qdan keyin joylashgan kompanovka sxemasini ratsioflal deb qarasa bo‘ladi, chunki bu kompanovka massaning o‘qlarga' yaxshi taqsimlanishini, kuzovning ichini dvigateldan yaxshi izolyatsiya qilinishini, kardanli uzatma bo‘lmagani uchun zirillash past darajada bo‘lishini, kuzovning orqa devoridagi lyuk orqali dvigatelning tash- qaridan (salonni chetlab) yaxshi ochilishini, avtobusning butun kengligi bo‘yicha pol ostida katta hajmli yukxonalar yaratilish imkoniyatini ta’minlaydi. Bu kompanovka sxemaning kamchiligiga quyidagilar kiradi: dvigatel, ilashish mufitasi va uzatmalar qutisini boshqarish yuritmalari murakkablashadi va dvigatel sovutish tizimi radiatorini joylashtirish qiyinlashadi. Pog‘onalar almashtirishni avtomatik boshqa- ruvli gidromexanik transmissiyalarni qo‘llash bilan birinchi kamchilikni bartaraf qilish mumkin. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling