Transport vositalarini loyihalash va hisoblash


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/107
Sana27.08.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1670566
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Bog'liq
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

Nazorat savollari
1. Ilashish muftasiga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Ilashish muftasi qaysi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflanadi?
3. Ilashish muftasining qo‘llanilishi
4. Ilashish muftasini loyihalashda qaysi parametrlar berilgan 
bo‘lishi kerak?
5. Ilashish muftasini loyihalashda qaysi parametrlar tanlab olinadi?
6. Ilashish muftasini loyihalashda qaysi parametrlar hisoblab 
topiladi?
7. Ilashish muftasi uzata oladigan burovchi moment qanday 
aniqlanadi?
8. Siquvchi prujinalaming elastiklik xarakteristikasi nima?
9. Siquvchi prujinaning kuchi qanday aniqlanadi?
10. Friksion qoplamalarga ta’sir etayotgan bosim qanday aniqla­
nadi?
11. Ilashish muftasining shataksirashdagi ishi qanday aniqlanadi?
12. Ilashish muftasining ortiqcha qizishi qanday aniqlanadi?
58


VI. UZATMALAR QUTISI
VI.1. 
Uzatmalar qutisining vazifasi, talablar, tasnifi, qo‘llanilishi.
Ichki yonuv dvigateli hosil qiluvchi maksimal burovchi momenti 
Uning 
litrajiga bog‘liq bo‘lib, rna’lum qiymatdardan oshmaydi. Agar shu 
burovchi momentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetakchi g ‘ildiraklarga uzatilsa, 
hosil 
bo‘layotgan tortish kuchi avtomobilni joyidan qo‘zg‘ata olmasligi 
mumkin. Shuningdek, ichki yonuv dvigateli tirsakli valining minimal 
burchak 
tezligi 
avtomobilni 
minimal 
turg‘un 
tezlik 
bilan 
harakatlanishiga yo‘l qo'ymaydi. Demak ichki yonuv dvigatelining 
burovchi momentini oshirish va tirsakli valning minimal aylanishlar 
BOnini 
kamaytirish kerak. Bu vazifani uzatmalar qutisi bajaradi.
Uzatmalar qutisi dvigatelning burovchi momentini va dvigatel 
valining 
burchak tezligini yetakchi g‘ildiraklarga o‘zgartirib uzatish 
uchun 
xizmat qiladi. Bu esa avtomobilning optimal tortish va yoqilg‘i 
tejamkorlik xususiyatlarini ta’minlaydi.
Uzatmalar qutisi o‘z vazifasini samarali va ishonchli bajarishi 
uchun 
unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- dvigatelning berilgan tashqi tezlik harakteristikasi bo'yicha 
avtomobilning optimal tortish-tezlik va yoqilg‘i tejamkorlik xususiyat- 
larini 
ta’minlash;
- ishlaganda va pog‘onalami almashtirayotganda shovqinsiz 
ishlash;
- yengil boshqarish;
- yuqori FIK;
- umumiy talablar.
Uzatmalar qutisi quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflanadi:
1) uzatishlar sonini о ‘zgarishi b o 'yicha: pog‘onali (eng keng 
tarqalgan), pog‘onasiz, kombinatsiyalashgan;
2) konstruktiv sxemasi b o ‘yicha: o‘qlari qo‘zg‘almas valli (ikki, 
uch 
va ko‘p valli), o‘qlari qo‘zg‘aluvchi valli (planetar reduktorlar);
3) pog 'onalar soni b o ‘yicha: uch pog‘onali, to‘rt pog‘onali, besh 
pog‘onali, ko‘p pog‘onali;
4) shesternyalarning turi b o ‘yicha: to‘g‘ri tishli, qiya tishli, 
shevron tishli, aralash tishli;
59


5) 
pog 'onalarni 
almashtirish 
usuli 
bo 'yicha: 
karetkalar 
yordamida,yengil 
qo‘shiladigan 
mufta yordamida, 
sinxronizator 
yordamida;
6) boshqarish usuli bo'yicha: to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, 
masofadan boshqarish, yarim avtomat, avtomat;
7) уetaklovchi va yetaklanuvchi qismlarning o'zaro bog'liqligi 
bo 'yicha: mexanik, gidravlik, elektrik, aralash.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling