Transport vositalarini loyihalash va hisoblash


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/107
Sana27.08.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1670566
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Bog'liq
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

umumiy hajmidan 
20 
-
25 
marta ortiq bo‘lishi kerak, aks holda, komp- 
ressoming boshqa turi tanlanadi.
Bosim rostlaeich. Pnevmatik tormoz yuritmadagi kompressorlar
1,5 MPa gacha havoning bosimini hosil qilish mumkin. Bosim 
rostlagichlar pnevmatik tormoz yuritmada 0,65 - 0,8 MPa bosimni 
ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bosimni ushlab turish uch xil usulda 
bo‘ lishi mumkin:
- kompressor yuritmasini uzib qo'yish usuli;
- kompressorni salt ishlash rejimiga o‘tqazish usuli;
- ortiqcha havoni atmosferaga chiqarib yuborish usuli.
Natijada kompressorga sarflanadigan quwat keskim pasayadi. 
Bosim rostlagich ishdan chiqqanda bosimni pasaytirish uchun saqlagich 
klapanlari ishlatiladi.
Nam airatgich. Atmosfera havosida ma’ lum miqtorda nam boMadi. 
Kompressor shu havoni resiverlarga siqqanda havo qiziydi, trubkalardan 
harakatlanganda soviydi, natijada havodan nam ajralib chiqadi. Past 
haroratlarda nam muzga aylanib, havoning yo‘ lini to‘sishi mumkin va 
harakatlanuvchi detallar harakatlantirmay qo‘yishi mumkin.
Shuning uchun pnevmatik tormoz yuritmada nam ajratgichlar 
ishlatiladi. Nam ajratgichlarning quyidagi turlari mavjud:
- dinamik nam ajratgich - siqilgan havoning yo‘nalishini keskin 
o ‘zgartirish hisobiga kondensatni ajratib oladi;
- termodinamik nam ajratgich - siqilgan havo maxsus radiatordan 
o ‘tib, unda kondensat qoldiriladi;
- adsorbsion nam ajratgich - yuzasida faol material ishlatilib, unda 
suv zarrachalari tutib qolinadi.
- aralash nam ajratgich - yuqorida qayd etilgan usullar aralash 
ishlatiladi.
Tormoz krani. Siqilgan havoni resiverdan tormoz kameralariga 
(silindrlariga) o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, tormoz krani 
«kuzatuv mexanizmi» vazifasini ham bajaradi, ya’ ni tormoz pedalidagi 
haydovchining kuchi bilan tormoz kameralaridagi (silindrlaridagi) 
bosimning mosligini ham ta’ minlab beradi.
Ishlash usuliga qarab tormoz kranlari to‘g‘ ri yo‘ nalishda ishlovchi 
va teskari yo‘nalishda ishlovchi bo‘ lishi mumkin.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling