➢
Sabre
➢
Worldspan.
Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab
olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik
agentliklarda o‘rnatilgan. Bu tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas.
Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy bronlash
tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan
tizimlarga tegishli.
Bronlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois
har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning
strukturaviy tarkibini, narx-
navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, global tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida
amal qiladi. Masalan,
Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va
Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi.
Sahara tizimi MDH
mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida
tarqalgan.
Mustaqil mehmonxonalar uchun global miqyosidagi bronlash tizimlari bilan
ishlashning bir necha variantlari mavjud:
➢
bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida
o‘rnatish va
mustaqil ishlash;
➢
bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya
bilan shartnoma tuzish;
➢
dunyo miqyosidagi bronlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik
turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish
eng murakkab va qimmat
yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona bronlash tizimlari bilan
shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni
o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab
shunga
o‘xshash ishlarni amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: