Transpozitsiya usuli
Download 89.36 Kb.
|
C 1
Boshiga qo‘yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng kichik elementi topilsin. Ushbu usulda topilgan element ro‘yhatda bitta oldingi element bilan o‘rin almashtiriladi. Agarda mazkur elementga ko‘p murojaat qilinsa, bittadan oldinga surilib borib natijada ro‘yhat boshiga kelib qoladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, tuzilmada ko‘p murojaat qilinadigan elementlar ro‘yhat boshiga bitta qadam bilan intiladi. Ushbu usulning qulayligi u nafaqat ro‘yhatda, balki tartiblanmagan massivda ham samarali ishlaydi (sababi faqatgina ikkita yonma-yon turgan element o‘rin almashtiriladi). Bu usulda uchta ko‘rsatkichdan foydalanamiz (5.3-rasm): p – ishchi ko‘rsatkich q – yordamchi ko‘rsatkich, p dan bitta qadam orqada bo‘ladi s – yordamchi ko‘rsatkich, p dan ikkita qadam orqada bo‘ladi 5.3-rasm. Transpozitsiya usuli bilan ro‘yhatni qayta tartibga keltirish Biz tomonimizdan topilgan uchinchi element ro‘yhat boshiga bir qadam suriladi (ya’ni ikkinchi bo‘lib qoladi). Birinchi element ko‘rsatkichi uchinchi elementga joylashtiriladi, ikkinchi element ko‘rsatkichi to‘rtinchi, shunday qilib uchinchi element ikkinchi joyga joylashib qoladi. Agar mazkur elementga yana bir bor murojaat qilinsa, u holda u ro‘yhat boshida bo‘lib qoladi.
search=NULL;Download 89.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling