Trends of modern science and practice


INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “TRENDS OF MODERN


Download 212.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi212.52 Kb.
#1332708
1   2   3   4
Bog'liq
5-8

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “TRENDS OF MODERN 
SCIENCE AND PRACTICE”
Ankara, Turkey 2023

qoʻshimchalar va vositalarsiz ifodalanadi. Masalan: mushuk - cat, o‘quvchi - pupil, 
talaba - student, qalam - pencil, daraxt - tree, qush - bird va boshqalar. 
Ingliz tilidagi otlarning ko‘plik (plural form) shaklini yasash uchun aksar 
hollarda birlikdagi otlarga -s qo‘shimchasini qo‘shamiz. Masalan: birlikda cat bo‘lsa 
undan ko‘plik yasash uchun -s qo‘shimchasini qo‘shsak kifoya: cats – mushuklar,
pupils - o'quvchilar, students - talabalar, pencils - qalamlar, trees - daraxtlar. O‘zbek 
tiliga -s qo‘shimchasi “-lar” deb tarjima qilinadi. Lekin hamma otlarga ham -s 
qo‘shimcha qo‘shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga 
ko‘plik yasash uchun -es qo‘shimchasi qo‘shiladi. 
Masalan: buses - avtobuslar, watches - qo‘l soatlar, boxes - qutilar, dishes - 
idishlar, glasses - stakanlar, potatoes - kartoshkalar, torches - chiroqlar va boshqalar.
O‘zbek tilida ko‘plikni ifodalash uchun sonlardan ham foydalanamiz. Bunday
hollarda "-lar" qo'shimchasi tushib qoladi. Ingliz tilida esa aksincha ot ko‘plikni 
ifodalovchi son bilan kelganda ham “- s” yoki “-es” qo‘shimchasi, albatta, 
ishlatiladi: ikkita gul – two flowers, to'rta zebra – four zebras, uchta sher – three 
lions, oltita olma - six apples, beshta kitob - five books, sakkizta qalam - eight 
pencils, yigirma beshta kompyuter - twenty five computers, ellikta stol - fifty chairs 
va boshqalar. 
So‘ oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -
ies qo‘shimchasini qo‘shamiz. Masalan: one baby – two babies, one butterfly - two 
butterflies, one lady - three ladies, one strawberry - five strawberries, one cherry - 
seven cherries va boshqalar. 
Lekin, so‘z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -s qo’shimchasini o‘zi 
qo‘shiladi. Masalan: toy – toys, boy - boys, key - keys, monkey - monkeys va 
boshqalar. Ko‘pgina otlarning ko‘plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi. 



Download 212.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling