Trilobitsimonlar kenja tipi vakillari va ularning filogenetik ahamiyati


Tagmozis - o’xshash tuzilishga ega bo’lgan segmentlarni guruhlarga, tabaqalarga ajralishi. Alohida vazifalarni bajaruvchi segmentlar guruxi – tagma


Download 46 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi46 Kb.
#1289832
1   2   3   4
Bog'liq
TRILOBITSIMONLAR KENJA TIPI VAKILLARI VA ULARNING FILOGENETIK AHAMIYATI

Tagmozis - o’xshash tuzilishga ega bo’lgan segmentlarni guruhlarga, tabaqalarga ajralishi. Alohida vazifalarni bajaruvchi segmentlar guruxi – tagma deb ataladi. Bo’gimoyoqlilar dastlab paydo bo’lgan tagmozisgavdaning oldingi bosh va keying tana qismlarga ajralishdir. Bo’gimoyoqlilarning qadimgi oddiy tuzilish varianti hozirgi bo’g’imoyoqlilarning barchasida modifikatsiyalangan. Ko’pchilik turlarida segmentlar ikki guruhga - ko’krak va qorincha qismlariga ajralgan. Natijada 3 ta tagma- bosh, ko’krak va qorincha paydo bo’lgan. Ba’zi bo’g’imoyoqlilarda bosh segmentlar ko’krak segmentlari bilan birlashib ikkilamchi tagma -“boshko’krak” bo’limini (sefalotoraks) paydo bo’ladi. Sefalizatsiya - oldingi tagmaning rivojlanishi, bosh qismida sefalon va sefalotoraks funksiyalarining sefallashuvi (bosh, sefalon yoki sefalotoraks) retseptor va neyrointegratsion funksiyasilar hamda ovqatni tutish funksiyasi artropodalar evolutsiyasining asosiy tendensiyasidan biridir.
Bularning tanasi halqali chuvalchanglar kabi segmentlardan tashkil topgan bo‘lsada, hamda segmentlararo parda yo‘qolgan. Terining ustki qismidagi kutikula qalinlashib, u xitin deb ataluvchi organik modda tarkibiga ega bo‘lgan qattiq himoya qobig‘i hosil etgan. Ayni vaqtda mazkur qavat tashqi skelet vazifasini ham bajaradi. (Ichki tomondan bu qavatga muskullar birikadi). Shuning uchun ham bo‘g‘imlarning oraliqlari yupqalashgan. (Po‘st tashlash hodisasi).
So‘nggi takomillanish natijasida (halqali chuvalchanglar parodiyalari) hosil bo‘lgan harakat organlari – oyoqlari maxsus bo‘g‘imlardan tashkil topgan.
Tipning sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida oyoqlar soni ko‘p bo‘lib, bir qancha guruhlarida ular xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashib o‘zgargan bo‘lishi, bir qanchalarida esa oyoqlar soni kamayishi yuz berganligi xarakterlidir.
Bo‘g‘im oyoqlilarda tana uch qismdan iborat:

  1. Bosh.

  2. Tana.

  3. Qorincha (abdomen)

Bundan tashqari bularda – yaxshi rivojlangan harakat organlari oyoqlarning paydo bo‘lishi, ularda sezuv organlarining g‘oyat kuchli darajada rivojlanishi xarakterlidir. Markaziy nerv sistemasi, боsh миya va qorin nerv zanjirini murakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan.
Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i o‘zgargan. Bu tana bo‘shlig‘i (ko‘pchilik zoologlarning fikricha birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining qo‘shilishidan) hosil bo‘lgan. Shuning uchun ham ortidan ularda qon aylanish sistemasi (qon tomirlari to‘la tutashgan emas).
Dastlabki suvda yashovchi bo‘g‘im oyoqlilarda halqalilarning nafas olish organi-paronodiya o‘simtalarining rivojlanishi natijasida rivojlangan jabralar bo‘lib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar (o‘pka) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqqiy etgan.
Bo‘g‘im oyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Bularning hamma avlodlarida embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini o‘taydi. Juda ko‘p hodisalarda lichinka to‘la o‘zgarishli “метаморфоз” orqali rivojlanadi.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling