Trilobitsimonlar kenja tipi vakillari va ularning filogenetik ahamiyati


Download 46 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi46 Kb.
#1289832
  1   2   3   4
Bog'liq
TRILOBITSIMONLAR KENJA TIPI VAKILLARI VA ULARNING FILOGENETIK AHAMIYATI


TRILOBITSIMONLAR KENJA TIPI VAKILLARI VA ULARNING FILOGENETIK AHAMIYATI
Krevetkalar, o’gimchaklar, kanalar, ko’p oyoqlilar, onixoforalar, tаrdigradalar va boshqalar kabi millionlab turkumlarning vakillarini bir – biriga o’xshash bo’lgan umumiy belgilari tufayli yagona takson PanarthropodaSP katta tipiga birlashtirishga asos bo’lgan. Panartropodalar taksoni onixoforalar (Onychophora), immillab yuruvchilar (Tardigrata) va bo’g’imoyoqlilar Arthrapoda) tiplarini o’z ichiga oladi. Panartropodalarning hammasini tanasi segmentlashgan, segmentlarida o’simtalarni borligi va tashqi ekzoskelet mavjudligi va ularda vaqti – vaqti bilan po’st tashlab turishi tanasini o’sish imkonini beradi.
Onixoforalar(Onychophora) tipi umumiy tavsifi.
Onixoforalar – ikki tomonlama simmetriyali yer usti chuvalchangsimon hayvonlardir. Onixoforalar tuzilishining umumiy belgilari ularni halqali chuvalchanglarga emas, bo’g’im oyoqlilarga yaqin qoyiladi. Onixoforalarning qayd etilgan 110 turi Janubiy Yarim sharning tropik va mo’tadil zonasida uchraydi. Onixoforalar tungi hayvon hisoblanadi. Onixoforalar bir tomondan halqali chuvalchanglarga ikkinchi tomondan ko’p oyoqlilar va hasharotlarga o’xshab ketadi. Olimlarning aniqlashicha onixoforalar paliozoy erasida dengizda yashagan halqali chuvalchanglar ajdodlaridan rivojlangan.Paleontologlarni fikricha hozirgi kunda qazilma holda uchrovchi ko’p tukli dengiz halqali chuvalchanglarini quruqlikda yashovchi avlodlardan rivojlangan.


Imillab yuruvchilar(Tardigrada) tipi umumiy tavsifi.
Immillab yuruvchilar (TardigrataP) yoki Tardigradalar nihoyatda kichik ko’p hujayrali hayvonlar bo’lib, Tardigradalar 4 juft porapoda – oyoqlari bo’lib, mayda immillab yuruvchi sichqonchaga o’xshaydi. Gavdasining uzunligi 100 – 150 mkm bo’lib, eng gigantlari uzunligi 1,5 mm keladi. Yashirin hayot kechiradi. Boshqa taksonlar bilan evalutsion aloqasi noma’lum. Aniq dalillar hozirgi kunda bo’lmasada, ularni fanga og’ir oyoqlilarga yaqin qoyish mumkin.
Hozirgi paytda tardigidratlarni 800 ga yaqin turi uchrab, dengiz,chuchuk suvlarda va o’ta nam tuproqlarda tarqalgan.Yaponiyada 1 ta turi qaynoq bulaqlardan topilgan.Tashqi va ichki organlari tuzilishi bo’g’im oyoqlilar tipik belgilarini namoyon etadi. Tardigidratlar- monofilitik takson (o’zigz xoslik) bo’lib ularni boshqa taksonlar bilan aloqasi hamon t ortishuvlarga masala bo’lib qolmoqda . Immillab yuruvchilar bir qancha morfologik belgilari borki ,bu belgilar ularni bo’g’im oyoqlilar va onixoforalar bilan yaqin turadi. Qazilma immillab yuruvchilar saqlanib qolmagan. Bor – yo’g’i bo’r davridan 2 ta yantar qazilmadan ularni shakli topilgan. Bu tuzulma 60 mln yildan buyon o’zgarmagan (hozirgi bilan solishtirganda) Tardigidratlarni tosh qotgan shakllari ularni evolutsiyasi qanday kechgaligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Tardigidratlar hali onixoforalarni kelib chiqishi bo’g’imoyoqlilarni shularga o’xshash bir shoxchasiga borib qoladi. Chunki bu uchala gurux vakillarida bir xil umumiylik yani og’iz apparatining ikki nurli simmetriyali bo’lishidir.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling