13-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonunchilik hujjatlarida va o‘z ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkatlarining) yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarligi
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Kooperativlarning o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish sohasidagi faoliyati
Fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin.
Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan hollarda esa — kooperativ a’zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a’zolariga kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |