[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun


Download 1.33 Mb.
bet223/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

429-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar bo‘lgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
430-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqi
Ish beruvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning xohishiga ko‘ra uning yozma arizasi asosida unga ish haqi saqlanmagan holda har yili davomiyligi o‘n to‘rt kalendar kungacha bo‘lgan ta’til berishi shart.
431-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.
26-bob. Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bog‘liq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
1-§. O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
432-modda. O‘rindoshlik asosida ishlash tushunchasi
O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling