Tsz: Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish] Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; [okoz


T/r O‘rmon bo‘limining identifikatsiya raqami


Download 156.12 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi156.12 Kb.
#1465414
1   2
Bog'liq
250 15.11.2005

T/r

O‘rmon bo‘limining identifikatsiya raqami

O‘rmon bo‘limining nomi

O‘rmon bo‘limi tashkil etilgan sana

O‘rmon xo‘jaligining nomi

Idoraviy mansubligi

O‘rmon bo‘limining joylashgan joyi

O‘rmon bo‘limi ma’lumotlari hisobga olingan sana













(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
O‘rmon kvartallari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari

T/r

Kvartalning identifikatsiya raqami

Kvartal raqami

Izoh













(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
O‘rmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari

T/r

Kontur identifikatsiya raqami

Maydoni
(ga)

Daraxt nomi

O‘rmonlarni ko‘paytirish usuli

Daraxtlar yoshi bo‘yicha mansubligi

Daraxtlarning o‘rtacha yoshi

O‘rmonlarni tashkil qiluvchi asosiy turlar

O‘rmonlarning holati

Bonitet sinfi

Daraxtlarning zichlik darajasi

O‘rmon turi

Daraxtlar zaxirasi (m³)

Qiymati
(so‘m)













(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari

T/r

Kontur identifikatsiya raqami

O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar (ga)













(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat shaharsozlik kadastri Shaharsozlik kodeksiga, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat shaharsozlik kadastri — bu Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
3. Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar o‘rtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayot faoliyatining qulay sohasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infrotuzilma tizimlari faoliyatini maqbullashtirishni axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish sohasidagi faoliyati, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qurilish vazirligi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
6. Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining butun hududini to‘liq qamrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
fazoviy koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo‘llanish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
kadastr axborotlarini shakllantirishning metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish qulayligi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Hududlardan amalda foydalanilishi, foydalanish shartlari, shaharsozlik boyliklari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
DShKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar o‘rtasidagi hududlarning ko‘chmas mulki boshqa obyektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig‘indisi tushuniladi.
Davlat shaharsozlik kadastri quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarning, ko‘chmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining aniq manzilli reyestrlari;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish bo‘yicha shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Qurilish vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bo‘linmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
10. Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma’lumotlarining boshlang‘ich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10-1. Kadastr obyekti — shaharsozlik ma’lumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
Shaharsozlik ma’lumotnomasi manfaatdor shaxslarning so‘roviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati to‘g‘risidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda o‘rnatilgan shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati o‘zgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan o‘tkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari bo‘ladi.
(10-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish geografik axborot tizimining geoportali (keyingi o‘rinlarda — DShK geoportali) orqali amalga oshiriladi.
DShK geoportali qatlamlar, fazoviy ma’lumotlar, metamalumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
DShK geoportali davlat axborot resursi hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan ma’lumotlar berish qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(11-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
13. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy bo‘linmalar (keyingi o‘rinlarda Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti” davlat unitar korxonasi (“O‘zGAShKLITI” DUK, keyingi o‘rinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni yuritish bo‘yicha Qurilish vazirligining vakolatli tashkiloti hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
15. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qurilish vazirligining DShK geoportal operatori:
DShK geoportali joriy etilishini va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalarga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastri geoportalida ishlashga o‘qitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni DShK geoportaliga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari to‘planishini nazorat qiladi;
Davlat shaharsozlik kadastriga oid kadastr ma’lumotlari DKYaTga Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish orqali real vaqt rejimida to‘liq taqdim qilinishini ta’minlaydi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli bo‘linmalarga DShK geoportalida qulay imkoniyatlar yaratadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli bo‘linmalar:
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati to‘g‘risidagi joriy o‘zgarishlarni to‘playdilar va turkumlashtiradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, o‘z vakolatlari doirasida o‘z ma’lumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtiradi va DShK geoportaliga kiritib boradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri yangi obyektlarini hisobga qo‘yadilar, ular to‘g‘risida hisobga olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdilar va DShK geoportaliga kiritadilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
III. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari barcha turlarini ro‘yxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi axborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat bo‘ladi:
Shaharsozlik reglamentlari;
Shaharsozlik hujjatlari;
Shaharsozlik faoliyati monitoringi;
Bazis asos (muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi);
Manzillar reyestri;
Loyihalar reyestri;
Shaharsozlik faoliyati obyektlari reyestri;
Shaharsozlik faoliyati subyektlari reyestri;
Normativ-huquqiy va metodik baza.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi Qurilish vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
21. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat shaharsozlik kadastrining hisobga qo‘yish vaqtida belgilangan tartibda tasdiqlangan har bir obyekti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining tavsiflarida kelgusida bo‘ladigan o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari bo‘yicha tasnifini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo‘yicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va DShK geoportaliga kiritiladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyektning qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u DShK geoportalini geografik (kartografik) ta’minlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.
(22-1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi:
Topografik tarxlar va barcha turdagi va masshtabdagi (1:100 dan 1:100000 gacha) xaritalardan;
loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti obyektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;
muhandislik infratuzilmalari va transport tarmoqlarining navbatchi rejalaridan;
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan iborat bo‘ladi.
(22-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastri yurituvchi Qurilish vazirligi vakolatli tashkilotlarining va hududiy qurilish bosh boshqarmalari vakolatli bo‘linmalarining rahbarlari javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish
SXEMASI

1. DShKni yuritish bo‘linmasi DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun shaharsozlik faoliyati obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. DShKni yuritish bo‘linmasi o‘z vakolati doirasida o‘z ma’lumotlar bazasini yuritadi, DShK obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini “O‘zGAShKLITI” DUKning DShKni tashkil etish va yuritish bo‘yicha bosh tashkiloti (yoki uning filiallari)ga beradi.
3. “O‘zGAShKLITI” DUK olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va turkumlashtiradi, DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va DKYaTga axborot beradi.
4. Qurilish vazirligi, “O‘zGAShKLITI” DUK va foydalanuvchilar so‘rovnoma bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan DShK obyektlari bo‘yicha axborot olishlari mumkin.
5. “O‘zGAShKLITI” DUKning DShKni yuritish bo‘linmalari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning DShKning AGT ma’lumotlar bazasidagi zarur axborotlarni erkin olishlarini ta’minlaydi.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroribilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri — bu chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari; xavfli chiqindilarni ko‘mish joylari; chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib bo‘lingandan keyin ko‘mib tashlanadigan shlam to‘plash joylari biologik chiqindilarni ko‘mish joylari Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
6. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarini to‘liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo‘llanish;
barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish, baholash yo‘li bilan ta’minlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli bo‘lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko‘chmas mulkka huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari to‘g‘risidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo‘yicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zo‘riqishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
12. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish qog‘oz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
14. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat ekologiya qo‘mitasining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika darajasida — Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
hududiy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi umumiy rahbarlik qiladi.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik ta’minlash Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
16. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
ma’lumotlar bazalari tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalariga berishni amalga oshiradi, ma’lumotlar bazasining to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qiladi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
kadastr xodimlarini Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni tashkil qiladi;
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi;
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to‘plashni nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi;
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‘zgarishlar, ularning atrof muhitga, iqtisodiy bahosiga ta’siri to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, ma’lumotlar bazasini to‘ldiradilar va ularni tizimlashtirish va Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasiga beradilar;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri yangi obyektlarini hisobga qo‘yadilar, shuningdek ular to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to‘playdilar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlar egalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga kadastr obyektlarining jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi to‘g‘risidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
III. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini ro‘yxatga olishni, obyektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
22. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilishning hisobga qo‘yish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan har qaysi joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish tavsiflarida kelgusida ro‘y beradigan o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
24. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari bo‘yicha tasnifini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibi Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Hisobga olish axboroti kadastr daftariga yoziladi va Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarini iqtisodiy baholash chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir joyning holatini, qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarining rahbarlari javob beradilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari
davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsnya qilish joylari davlat kadastrini yuritish
SXEMASI

1. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari mulkdorlardan va ushbu obyektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdilar, kadastr yig‘majildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasiga beradilar.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi Davlat yer kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi obyekt (chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari) ChKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini DKYaT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi so‘rov bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari obyektlari bo‘yicha zarur axborotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga yuboradi.
7. DKYaTdan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra DKYaT va ChKUJDK ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
4-ILOVA
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri — bu Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududi to‘g‘risidagi kartografiya-geodeziya ma’lumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari to‘g‘risidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining barcha masshtablardagi topografik xaritalari;
O‘zbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik rejalari;
O‘zbekiston Respublikasining raqamli elektron xaritalari;
O‘zbekiston Respublikasining navbatchi ma’lumotnoma xaritasi;
O‘zbekiston Respublikasi hududini aerofoto va kosmik suratga olish materiallari;
O‘zbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari punktlari va reperlari;
yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari;
geodeziya punktlari, reperlari, chegara belgilari koordinatlari va balandliklari kataloglari;
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish vaqti, ularning bajaruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning qiymati.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududini to‘liq qamrab olish;
kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish elektron va/yoki qog‘oz manbalarda amalga oshiriladi.
9. Kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni Kadastr agentligi direktori amalga oshiradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni metodik ta’minlash Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
11. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi:
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarini shakllantirish va taqdim etish formatlarini ishlab chiqadi, ularning sifatini nazorat qiladi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini shakllantirishni va uning faoliyatini ta’minlaydi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ma’lumotlar bazasining to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qiladi;
hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini tizimlashtiradi, shakllantiradi va ularni Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
kadastr axborotlariga bo‘lgan talabni muntazam ravishda o‘rganadi, kadastrni yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududining kartografiya-geodeziya jihatidan o‘rganilganligi monitoringini yuritadi;
kadastr ma’lumotlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etadi, ulardan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
kadastr axborotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlaydi;
tizimlashtirilgan kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi.
III. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi
12. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarini tizimlashtirish, kadastr axborotlarini saqlash va yangilash;
ro‘yxatga olish va iqtisodiy baholash, reyestr daftarlarini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berish.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hamda iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
15. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yxatga kiritiladi, ularni yaratish uchun birinchi marta geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, shuningdek ilgari yaratilgan obyektlar to‘g‘risidagi yangilangan ma’lumotlar yoziladi. Bunda shuningdek ilgari yo‘qolgan va qayta tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
16. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini hisobga olish xaritalar nomenklaturasi bo‘yicha, davlat geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari bo‘yicha, shu jumladan ma’muriy-hududiy bo‘linish bo‘yicha hamda aholi punktlari bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlarini ishlab chiqadi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari reyestr daftariga yoziladi va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasining Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish zimmasiga yuklangan rahbari javob beradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini
yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish
SXEMASI

1. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajaruvchilar KGDK obyektlari bo‘yicha boshlang‘ich axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasiga taqdim etadilar.
2. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi taqdim etilayotgan boshlang‘ich materiallar talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ularni puxtalashtirish uchun qaytaradi.
3. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi KGDK obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini DKYaT ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi so‘rov bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan axborotlarni olishi mumkin.
5. DKYaT, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra KGDK obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 349-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)

Download 156.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling