Imzoni generatsiya qilish algoritmi.
Boshlang‘ich ma’lumotlar: ma’lumot, berilgan (elliptik chiziqqa aloqador) parametrlar va imzo maxfiy kaliti. Ushbu algoritmda Elliptik egri chiziq tenglamasi p > 2255 shartni qanoatlantiruvchi tub xarakteristikali maydonda deb qaraldi. Natija, imzo .
Imzoni generatsiya qilish algoritmi qadamlari:
1. 1 k n-1 intervaldan ixtiyoriy k soni tanlansin, bu yerda nuqta tartibi 2254 < n < 2256 shartni qanoatlantiruvchi son.
2. (x1,y1)= [k]G hisoblansin, ya’ni tanlangan egri chiziqqa tegishli G nuqtani k marta qo‘shilsin.
3. r=x1 mod n hisoblansin. Agar r=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytilsin va boshqa k soni tanlansin.
4. M ma’lumotning xesh funksiyasi hisoblansin, ya’ni e=H(M). Agar H(M) mod n=0 bo‘lsa, u holda H(M) mod n=1 deb olinsin.
5. 0< d intervaldan olingan d maxfiy kalit asosida s=(dr+ke) mod n hisoblab topilsin.
6. Agar s=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytilsin va boshqa k soni tanlansin.
7. Hosil bo‘lgan (r,s) sonlar juftligi M ma’lumotga qo‘yilgan imzo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |