“tt va kt” 2 -bosqich ri-11-21 guruh talabasi samadova sevinchning
Download 415.61 Kb.
|
pul mus 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning mohiyati . Reja Pulning kelib chiqishi va mohiyati
Qayt etilishicha O’zbekiston 2020 –yilda birinchi marta 100 tonnadan zioyd (101,6tonna) oltin qazib olib butun jahon reytingida 8- o’rinda turgan Peruni o’rnini egaladi . Reytingni birinchi o’rnida Xitoy(368,3Tonna ), Rossiya 331,1 tonna , Avstraliya 327,8 tonna , AQSh 190,2 tonna , Kanada 170,6tonna, Gana 138,7 tonna , Braziliya 107 tona , Meksiya 101,6 O’zbekiston 101,6 , Indoneyiziya 100,9 tona shu mamlakatlar reytingdan joy olgan . Oltin zahirasi borligi bo’yicha reytingPulning mohiyati . Reja
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomalasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi: Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi. Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi). Pulning muhim xususiyati shundaki, pul ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul . Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 1 Pul birligi - so’m 2 Pul birligining turlari – qog’oz va metal pullar 3 Ularni muomalaga chiqarish qoidalari. 4 Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari 5 Naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar. 6 Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 7 Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 8 Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. 1 Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. 2 O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash. 3 Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. 4 O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish. 5 Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi. Naqd pul muomalasi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi. 2. Tijorat banklari va ularning filiallar mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar. Download 415.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling