Tt va kt” fakulteti 1– bosqich tt-11/21 guruh talabasining fizika fanidan tayyorlagan
Download 0.7 Mb.
|
Gers vibratorlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Mavzu:Yarimo’tkazgich chegaralarida kontakt hodisalari. Reja: 1. Yarimo’tkazgichlar haqida tushuncha 2. Xususiy elektr o’tkazuvchanlik
U0 berilsa, muvozanat buziladi va undan tok oqib o‘ta boshlaydi.
Kuchlanish manbaining musbat qutbi p - sohaga, manfiy qutbi esa n - sohaga ulansa, p-n o‘tish to‘g ‘ri ulangan yoki to‘g ‘ri siljitilgan deb ataladi (2-rasm). 4-Mavzu:Yarimo’tkazgich chegaralarida kontakt hodisalari. Reja: 1. Yarimo’tkazgichlar haqida tushuncha 2. Xususiy elektr o’tkazuvchanlik 3. Kiritmali elektr o’tkazuvchanlik 4. R -n o’tishning hosil bo’lishi 5. R-n o’tishning to’g’ri ulanishi 6. R–n o’tishning teskari ulanishi Zamonaviy elektronika qurilmalari yarim o’tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. YArim o’tkazichlar kristall, amorf va suyuq bo’ladi. YArim o’tkazgichli texnikada asosan kristall yarim o’tkazgichlar (1010 asosiy modda tarkibida bir atomdan ortiq bo’lmagan kiritma monokristallari) qo’llaniladi. Odatda yarim o’tkazgichlarga solishtirma elektr o’tkazuvchanligi metallar va dielektriklar oralig’ida bo’lgan yarim o’tkazgichlar kiradi (ularning nomi ham shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 10-8dan 105gacha Sm/m (metrga Simens)ni tashkil etadi. Metallarda =106-108 Sm/m, dielektriklarda esa =10-8-10-13 Sm/m. YArim o’tkazgichlarning asosiy xususiyati shundaki, temperatura ortgan sari ularning solishtirma elektr o’tkazuchanligi ham ortib boradi, metallarda esa kamayadi. YArim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi yorug’lik bilan nurlantirish va hatto juda kichik kiritma miqdoriga bog’liq. YArim o’tkazgichlarning xossalari qattiq jism zona nazariyasi bilan tushuntiriladi. Har bir qattiq jism ko’p sonli bir-biri bilan kuchli o’zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. SHu sababli bir bo’lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deb qaraladi. Qattiq jismda atomlar bog’liqligi atomning tashqi qobig’idagi elektronlarni juft bo’lib birlashishlari (valent elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog’lanish kovalent bog’lanish deb ataladi. Atomdagi biror elektron kabi valent elektron energiyasi W ham diskret yoki kvantlangan bo’ladi, ya’ni elektron energetik sath deb ataluvchi biror ruxsat etilgan energiya qiymatiga ega bo’ladi. Energetik sathlar elektronlar uchun ta’qiqlangan energiyalar bilan ajratilgan. Ular ta’qiqlangan zonalar deb ataladi. Qattiq jismlarda qo’shni elektronlar bir-biriga juda yaqin joylashganligi uchun, energetik sathlarni siljishi va ajralishiga olib keladi va natijada ruxsat etilgan energetik zonalar yuzaga keladi. Energetik zonada ruxsat etilgan sathlar soni kristaldagi atomlar soniga teng bo’ladi. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir necha elektron – vol’tga teng (elektron – vol’t – bu 1V ga teng bo’lgan potensiallar farqini engib o’tgan elektronning olgan energiyasi). Ruxsat etilgan zonadagi minimal energiya sathi tubi (Wc), maksimal energiya esa shipi (Wv) deb ataladi. 3.1-rasmda yarim o’tkazgichning zona diagrammasi keltirilgan. Ta’qiqlangan zona kengligi Wt yarim o’tkazgichning asosiy parametri bo’lib hisoblanadi. 3.1 – rasm. Elektronikada keng qo’llaniladigan yarim o’tkazgichlarning ta’qiqlangan zona kengliklari Wt (eV) quyidagiga teng: germaniy uchun – 0,67, kremniy uchun – 1,12 va galliy arsenidi uchun -1,38. Dielektriklarda ta’qiqlangan zona kengligi Wt 2 eV, metallarda esa ruxsat etilgan zonalar bir – biriga kirib ketgan bo’ladi, ya’ni mavjud emas. YUqoridagi ruxsat etilgan zona o’tkazuvchanlik zonasi deb ataladi, ya’ni mos energiyaga ega bo’lgan elektronlar, tashqi elektr maydoni ta’sirida yarim o’tkazgich hajmida harakatlanishlari mumkin, bunda ular elektr o’tkazuvchanlik yuzaga keltiradilar. O’tkazuvchanlik zonasidagi biror energiyaga mos keladigan elektronlar o’tkazuvchanlik elektronlari yoki erkin zaryad tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi. Absolyut nol’ temperaturada (0 K) yarim o’tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar elektronlar bilan to’lgan, o’tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo’ladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling